Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari bilan tanishuv. Navoiy viloyati

Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari bilan tanishuv. Navoiy viloyati

Baho:
+3 | -

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi “Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab internatlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 410-sonli Qarori hamda, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining 2018 yil 3 avgustdagi “Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga qabul qilish bo‘yicha” 128-i/ch sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab akademiyalarga qabul jarayoni bo‘lib o‘tgani hamda rasmiy sahifamiz orqali respublikadagi har bir akademiya haqida ma’lumot berib o‘tishimiz haqida xabar bergan edik.

Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga bolalar 11 yoshdan boshlab qabul qilinadi. Imtixonlar 4 yo‘nalish bo‘yicha topshiriladi.
- o‘yin amaliyoti;
- jismoniy imkoniyatlar;
- texnik sifatlar;
- tezkor fikrlash.

Yuqoridagi imtixonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bolalar o‘quv dargohiga qabul qilinadi va ularning ota-onalari bilan shartnoma tuziladi.

Respublikaning 12 viloyati hamda Qoraqalpog‘iston bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasiga imtihonlar 4 avgustdan 22 avgust kuniga qadar davom etdi. 2001-2007 yillar oralig‘ida tug‘ilgan, futbolga ixlosmand bolalar va o‘smirlar 2 bosqichdan iborat imtixonlarni topshirdilar. Har bir yil bo‘yicha imtixonlarni eng muvaffaqiyatli topshirgan futbolchilar akademiyalarga qabul qilindi. Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga qabul qilingan bolalar noyabr oyida poytahtda tashkil etilgan musobaqada viloyat terma jamoasi safida ishtirok etadilar hamda, ulardan eng iqtidorlilari Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida o‘qishini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bugun Navoiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

- Navoiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasiga har bir yosh toifasidan 22 tadan umumiy 154 nafar o‘quvchi qabul qilindi;

- Akademiyada o‘qish jarayoni 2018 yilning 5 sentyabr kunidan boshlandi;

- har 3 oyda akademiya rezervi uchun kirish imtixonlaridan o‘ta olmagan yoki umuman imtixonda qatnashmagan bolalar uchun qayta imtixonlar o‘tkaziladi;

- har 6 oyda Respublika akademiyasiga o‘qishga o‘tgan yoki akademiyada fanlarni o‘zlashtira olmay imtixondan yiqilganlarni o‘rnini to‘ldirish uchun uchun qaytadan akademiya rezervidan sportchilar saralab olinadi;

- Akademiya direktori: Kenjayev Akmal Matniyozovich;

- Akademiya manzili: Navoiy shahri, Jasorat ko‘chasi 25 uy;

- Ma’lumot uchun telefon: +04362249481

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:12, 19.09.2018.
O'qildi: 5718 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.