"Lion" hujumchisi Memfis Depay YECHL guruh bosqichining 1-turida "Manchester Siti" (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng hazil tariqasida fikr bildirdi.
"Manchester hali hamon qizil" - deb yozadi futbolchi Instagramga.
Gollandiyalik futbolchi avval "Manchester Yunayted" safida o‘ynagan, ammo 2018 yilning qishida Fransiya klubiga o‘tgan.