Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Ronalduning fantastik gonorari yoxud maosh xastaligini yangilang…

Ronalduning fantastik gonorari yoxud maosh xastaligini yangilang…

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu transferi tabiiyki, «A» seriyasining umumiy maosh to‘loviga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, albatta. Gazzetta dello Sport nashri tahlilidan ma’lum bo‘lishicha, Italiya elit divizionining joriy mavsumga tegishli maosh jamg‘armasi 1 129 000 yevro (bonus va soliq to‘lovlari bilan birga)ga yetgan.

Bu rekord ko‘rsatkichdir. Avvalgi eng yuqori summa 2011|2012 yillar mavsumida qayd etilgan bo‘lib, chempionat ishtirokchilari jami 1 100 000 yevroni ish haqi sifatida olishgandi. Undan keyingi 3 yilda umumiy summa nisbatan kamaydi.

Xususan, mavsum-2014|2015da maosh to‘lovi miqdori 849 mln. yevroga tushdi. Mana, Italiya ligasi bu masalada oldinga yana katta qadam tashladi...

«A» SERIYASI-2018|2019: JAMOALARNING MAOSH JAMG‘ARMASI

 «Yuventus» — 219 mln. yevro

 «Milan» — 140 mln. yevro

 «Inter» — 116 mln. yevro

 «Roma» — 100 mln. yevro

 «Napoli» — 94 mln. yevro

 «Lasio» — 66 mln. yevro

 «Torino» — 43 mln. yevro

 «Fiorentina» — 37 mln. yevro

 «Sampdoriya» — 36 mln. yevro

 «Bolonya» — 34 mln. yevro

 «Sassuolo» — 30 mln. yevro

 «Kalyari» — 29 mln. yevro

 «Jenoa» — 29 mln. yevro

 «Atalanta» — 27 mln. yevro

 «Udineze» — 26 mln. yevro

 «Parma» — 23 mln. yevro

 «Frozinone» — 22 mln. yevro

 «Kyevo» — 21 mln. yevro

 SPAL — 21 mln. yevro

 «Empoli» — 16 mln. yevro

Futbolchilarga alohida nazar tashlasak, eng ko‘p maosh tushunarliki, Krishtianu Ronalduga tegishli. Portugaliyalik yulduzning bir yillik maoshi 31 million yevroga teng. Bu «Yuventus»da eng ko‘p haq oladigan 5 nafar futbolchiga belgilangan maosh summasi jamlandisidan ham ko‘p.

Umuman, Krishtianu «Empoli»ning barcha futbolchilariga nisbatan deyarli ikki hissa ko‘p haq oladi. Qolaversa, «A» seriyasidagi naq 10ta klubning maosh jamg‘armasi birgina Ronalduning moyanasidan kam. Ochig‘i, Krishtianu hozircha super darajada to‘p surayotgani yo‘q.

Deylik, dastlabki 3ta turda raqiblar darvozasi tomon 23 marta zarba yo‘llagan bo‘lsada, hali gol urmadi. Darvoqe, bu zarbalar sonining samaraga nisbati bo‘yicha Yevropaning kuchli 5ta ligasi uchun eng past ko‘rsatkichdir.

«A» SERIYASI-2018|2019: ENG KO‘P MAOSH OLUVCHI 10 NAFAR FUTBOLCHI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:04, 21.09.2018.
O'qildi: 9580 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.