Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Valverde Tchuameni bilan nizo sababini tushuntirdi

Valverde Tchuameni bilan nizo sababini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoadoshi Orelyen Tchuameni bilan sodir bo‘lgan va o‘zining shifoxonaga tushishi bilan yakunlangan nizo haqida ilk bor fikr bildirdi.

Avvalroq OAVda Madrid klubi mashg‘ulotida futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Matbuot ma’lumotlariga ko‘ra, Tchuameni Valverdega zarba bergan, natijada u yiqilib, boshi bilan urilgan.

Keyinchalik «Real» urugvaylik futbolchi bosh miya jarohati olgani va taxminan ikki haftani, jumladan, La Liga 35-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, klub har ikki futbolchiga nisbatan intizomiy ish ochilganini e’lon qilgan edi.

Valverde vaziyat bo‘rttirib yuborilganini va fransuz bilan o‘rtasida hech qanday mushtlashuv bo‘lmaganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, bahslashish vaqtida tasodifan stolga urilib ketgan va shu sababli peshonasi yorilib, shifoxonaga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

— Jamoadoshim meni urgani yo‘q, men ham uni urganim yo‘q. Garchi sizlarga bizni yoqalashib ketgan yoki bu qasddan qilingan deb ishonish osonroq ekanini tushunsam-da, aslida bunday bo‘lmadi.

Bahslashib qolganimizda tasodifan stolga urilib ketdim, bu esa peshonamda kichik jarohat hosil qildi va shifoxonaga odatiy tashrifni talab etdi, — deyiladi Valverdening ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan bayonotida.

Yarim himoyachi «Real»ning muvaffaqiyatsiz mavsumi va jamoaning Chempionlar Ligasidan chiqib ketganini og‘ir qabul qilayotganini tan oldi.

— Biz yana bir yilni behuda sarfladik. Ichimdagi g‘azab va alamni jilovlab yurgandim, yakunda esa hammasi ma’nosiz janjalga aylanib ketdi, — dedi futbolchi.

Shuningdek, Valverde sodir bo‘lgan voqea uchun uzr so‘radi va avvalgidek klubga sodiq ekanini ta’kidladi.

— «Real» — hayotimdagi eng muhim qadriyatlardan biri va men bunga befarq bo‘la olmayman, — deya qo‘shimcha qildi urugvaylik.

Kiritildi: 02:48, 08.05.2026.
O'qildi: 236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик