Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Valverdening ahvoli haqida ma’lumot berdi

«Real» Valverdening ahvoli haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasidagi «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

27 yoshli urugvaylik futbolchi bosh miya jarohatini olgan. Avvalroq «Real» mashg‘ulotida jamoadoshi Orelyen Tchuameni bilan nizo kelib chiqqani va Tchuameni unga zarba bergani haqida xabar berilgan edi.

«Bugun «Real» tibbiy xizmati tomonidan futbolchimiz Fede Valverde tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va unda bosh miya jarohati aniqlandi.

Valverde ayni damda uyda, ahvoli yaxshi. Bunday tashxis uchun belgilangan tibbiy protokollarga muvofiq, u 10-14 kun davomida dam olishi lozim», — deyiladi klub rasmiy saytidagi xabarda.

10 may kuni «Real» Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida «Kamp Nou» stadionida «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (11 mayga o‘tar kechasi) boshlanadi.

Kiritildi: 02:41, 08.05.2026.
O'qildi: 2075 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик