Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Real» Valverde va Tchuameni mashg‘ulotda ishtirok etgan suratlarni e’lon qildi (foto)

«Real» Valverde va Tchuameni mashg‘ulotda ishtirok etgan suratlarni e’lon qildi (foto)

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi matbuot xizmati Ispaniya La Ligasining 35-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik doirasida asosiy jamoa mashg‘ulotidan suratlarni e’lon qildi. Kadrlarda OAVda janjallashgani haqida xabarlar tarqalgan yarim himoyachilar Orelyen Tchuameni va Federiko Valverde ham aks etgan.

Matbuot ma’lumotlariga ko‘ra, Valverde jamoadoshi bilan mushtlashuvdan keyin hushini yo‘qotgan va shifoxonaga olib ketilgan. Mashg‘ulot fotohisobotida urugvaylik futbolchi birinchi suratda, Tchuameni esa ikkinchi kadrda tasvirlangan. Keyingi fotolarda esa ikki yarim himoyachi ko‘rinmagan.



Klub rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi Kilian Mbappe mashg‘ulotning bir qismini jamoa bilan o‘tkazgan. Yarim himoyachi Arda Gyuler individual tarzda shug‘ullangan, jarohatlangan Rodrigo, Eder Militao, Ferlan Mendi va Daniel Karvaxal esa tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Jarohati sabab mashg‘ulotni o‘tkazib yuborganlar ro‘yxatida na Tchuameni, na Valverde nomi tilga olingan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:35, 07.05.2026.
O'qildi: 652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик