Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

«Real» kiyinish xonasidagi janjaldan keyin Kilian Mbappening reaksiyasi ma’lum bo‘ldi (video)

«Real» kiyinish xonasidagi janjaldan keyin Kilian Mbappening reaksiyasi ma’lum bo‘ldi (video)

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoa ichidagi navbatdagi mojaro fonida diqqat markaziga tushdi.

Ispaniyaning Sport nashri yozishicha, Valdebebasdagi mashg‘ulotdan so‘ng, ya’ni avvalroq Orelyen Chuameni va Federiko Valverde o‘rtasida janjal chiqqanidan keyin, Mbappe klub bazasini yaxshi kayfiyatda tark etgan. Kameralar fransuz futbolchisining mashg‘ulot markazi hududidan chiqib ketayotganda mashina ichida kulayotganini tasvirga olgan.

Ta’kidlanishicha, bu holat “qaymoqranglilar” ichidagi tarang muhit fonida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Avvalroq Chuameni va Valverde o‘rtasidagi yana bir to‘qnashuvdan keyin klub rahbariyati jamoaning shoshilinch yig‘ilishini tashkil qilgani xabar qilingan edi.

Manbaga ko‘ra, Mbappe jamoaviy uchrashuvdan keyin bazani birinchi bo‘lib tark etgan futbolchilardan biri bo‘lgan. Shuningdek, fransuz futbolchisi tibbiy ko‘rikdan o‘tgani va “Barselona”ga qarshi o‘yinda maydonga qaytishga yaqin ekani aytilmoqda.

Ispaniya OAVlari Mbappe Chuameni bilan Fransiya terma jamoasidagi davridan buyon yaxshi munosabatda ekanini ham qayd etmoqda. Avvalroq matbuotda har ikki futbolchi Didye Deshamning madridliklar bosh murabbiyi etib tayinlanishi ehtimoliga ijobiy qarayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bundan tashqari, so‘nggi kunlarda Mbappe jamoa uchun muhim pallada Italiyaga safar qilgani sababli muxlislar va OAV tanqidiga uchragani ham ta’kidlanmoqda.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 22:24, 07.05.2026.
O'qildi: 8171 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик