Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Anvar Soliyev: «Yuksak maqsadli jamoa shunday o‘yinlarni yutishi shart»

Anvar Soliyev: «Yuksak maqsadli jamoa shunday o‘yinlarni yutishi shart»

Baho:
+ | -

Superliga 24-turi doirasidagi “Navbahor” – “Metallurg” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” sport direktori Anvar Soliyev ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Anvar Soliyev (“Navbahor” sport direktori): - Bugungi uchrashuvda qimmatli 2 ochkoni yo‘qotdik. Bunga esa ehtiyotkorligimiz sabab bo‘ldi. Boisi, o‘yinni bir nafar hujumchi bilan boshladik. Shunday bo‘lsa-da, Darko Nikachda gol urish uchun 3 ta xavfli vaziyat yuzaga keldi. Lekin u vaziyatlardan foydalana olmadi.

Uchrashuv yakunlanishiga 30 daqiqa qolganida maydonga ikkinchi forvardni tushirib, hujumkorlikni kuchaytirdik. Lekin futbolchilar yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olishmadi. Zaxiradan maydonga tushirilgan o‘yinchilar, jumladan, Azamat Allaniyozov va Sardor Sulaymonovda ham imkoniyat bo‘ldi.

Ammo ular ham darvozani ishg‘ol eta olishmadi. Qisqasi, imkoniyatlardan foydalana olmaslik jamoamizga pand berdi. O‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan jamoa shunday o‘yinlarda g‘alaba qozonishi shart edi. Biroq...  

Bugungi durangda barcha murabbiylar shtabining aybi bor. Ushbu bahsdan xulosa chiqarib, keyingi o‘yinlarda ijobiy natija qayd etishga intilamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:14, 24.09.2018.
O'qildi: 3910 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.