Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Toshkent sovrin jamg‘armasi 250 000 dollar bo‘lgan musobaqaga mezbonlik qiladi

Toshkent sovrin jamg‘armasi 250 000 dollar bo‘lgan musobaqaga mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

Toshkent shahri yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Bugun, 24 sentyabr kuni tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida sovrin jamg‘armasi 250 000 AQSH dollari bo‘lgan WTA turnirining asosiy davrasi boshlanadi.

Musobaqaning asosiy turida 32 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi. O‘zbekistonlik tennischilardan yakkalik bahslarida Sabina Sharipova va Nigina Abduraimovalar o‘z omadlarini sinab ko‘radi. Qur’a natijalariga ko‘ra, Sabina musobaqani rossiyalik Margarita Gasparyanga qarshi boshlasa, Nigina Abduraimova germaniyalik Mona Bartelga qarshi kortga chiqadi.

Turnirning birinchi raketkasi sifatida ruminiyalik Irina-Kamila Begu ishtirok etadi. Ikkinchi raqam ostida esa Belarus vakilasi Vera Lapko saralangan.

Juftlik bahslarida Nigina Abduraimova rossiyalik Anna Kalinskaya bilan, Oqgul Omonmurodova esa kanadalik Ejeni Bushar bilan birga ishtirok etadi.

Bahslar 29 sentyabrga qadar davom etadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:40, 24.09.2018.
O'qildi: 3172 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.