Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Andijonlik sportchining vafotiga oid yangi ma’lumotlar berildi

Andijonlik sportchining vafotiga oid yangi ma’lumotlar berildi

Baho:
+ | -

Avvalroq “Stadion.uz” internet nashri aralash qoidalar jangchisi (MMA) xalqaro musobaqalar g‘olibi shahrixonlik Otabek Aliyev pichoqbozlik oqibatida o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi.

Sportchining vafotidan bir hafta o‘tib, “Turon24” nashri muxbiri ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida Shahrixon tumani Ichki ishlar bo‘limi bilan bog‘landi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa shu yilning 18 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Otabek A.A. bilan bir kun avval janjallashishib, mushtlashadi. Ertasi kuni ular ko‘chada yana ko‘rishib qoladi.

So‘ng orani ochdi qilish maqsadida Otabekning “Sobalt”iga o‘tirib tumandagi “Saidxon farovonligi” MCHJ qoshidagi avtotransport vositalariga metan-gaz quyish shoxobchasiga borishadi.

“Orani ochdi qilish haqoratga ulanib, shu paytda A.A. yonida bo‘lgan bir dona xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan Otabek Aliyevning qorin qismiga bir marotaba urib, uning hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikast yetkazadi.

Otabek Aliyev og‘ir tan jarohati olib, 19 sentyabr kuni shifoxonada vafot etadi. O‘sha kunning o‘zida tuman IIB tomonidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov jarayonlari davom etmoqda”, deydi Tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, tergov bo‘limi boshlig‘i Anvarjon Iminov.

Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (“jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”) bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:26, 25.09.2018.
O'qildi: 8386 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик