Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Bahodir Nasimov: «Etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapman»

Bahodir Nasimov: «Etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Bahodir Nasimov faoliyatini Ozarbayjon chempionatida davom ettiryapti. Hamyurtimiz «Keshla» klubi sharafini himoya qilmoqda. Lekin o‘tgan mavsum mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan bu jamoaning ishlari hozircha ko‘ngildagidek emas.

«Keshla» avvaliga Yevropa Ligasining saralash bahslarida omadsizlikka uchradi. Keyin esa mamlakat chempionati uchrashuvlarida ham raqiblariga ketma-ket ochko ulashib kelmoqda. Klub rahbariyati Nasimov orqali hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgandi.

Zero Bahodir Ozarbayjon chempionatida shunchaki to‘p suribgina qolmay, hatto to‘purar ham bo‘lgandi. Tajribali hujumchi 2010-2011 yillar mavsumida Bokuning «Neftchi» klubi safida Ozarbayjon chempionati to‘purariga aylangan edi. Biz Nasimov bilan bog‘lanib, faoliyati qanday kechayotganini bilish maqsadida intervyu oldik.

- Bahodir, yangi klubingizga moslashish jarayoni qiyin kechyaptimi?

- Afsuski, mavsum jamoamiz uchun omadsiz boshlandi. To‘rtta o‘yinning uchtasida mag‘lubiyatga uchradik, yana bir bahs durang bilan yakunlandi. Hozircha omadimiz kelmayapti. Umid qilamanki, bu vaqtinchalik holat. Vaziyatdan chiqib ketish uchun harakat qilyapmiz.

- Bu omadsiz startning sababi nimada? Klubda qanday muammolar bor? Yoki tarkib borasida bosh­qa klublardan kuchsizroqmisizlar?

- Bitta sabab bilan muammoning asl ildizini ko‘rsatib bera olmayman. Tarkibimizda yangi kelgan futbolchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shu jumladan, o‘zim ham ular qatoridaman. Futbolchilarning bir-birini tushunib harakat qilishi qiyin bo‘lyapti. Buning uchun vaqt kerak. Tarkib masalasida boshqa jamoalarga qaraganda kuchsizroqmiz, demagan bo‘lardim. Bizga biroz vaqt kerak va hammasi o‘z iziga tushib ketadi.

- Bundan avval ham Ozarbayjon chempionatida o‘ynagansiz. O‘tgan yillar bilan taqqoslaganda, ozar futbolida nima o‘zgargan?

- Orada shuncha vaqt o‘tdi. Rostini aytsam, avvallari chempionlik uchun 4-5ta jamoa kurash olib borardi. Hozir esa «Neftchi» va «Karabax» klublarining boshqalarga qaraganda imkoniyatlari ancha yuqori baholanmoqda. «Karabax» jamoasi, mana to‘rt yildirki, Ozarbayjon chempioni bo‘lib kelyapti. Mana shu o‘tgan yillar davomida karabaxliklarga munosib raqib topilmadi.

- Balki «Karabax» klubidan bosh­qa jamoalarda moliyaviy qiyinchiliklar kuzatilayotgandir?

- Bu gapingizga qo‘shilaman. Avvallari jamoalar moliyaviy tomondan ancha baquvvat edi. Yaxshi legionerlar taklif etilardi. Maoshlar ham shunga yarasha yaxshi to‘lanardi.

- Siz to‘p surayotgan jamoada ham shunday muammo bormi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:26, 26.09.2018.
O'qildi: 2990 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.