Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

O‘zbekiston karate Milliy federasiyasiga yangi rahbar saylandi

O‘zbekiston karate Milliy federasiyasiga yangi rahbar saylandi

Baho:
+ | -

Bugun, 26 sentyabr kuni poytaxtimizda joylashgan «Universal» sport saroyining majlislar zalida O‘zbekiston karate Milliy federasiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Adliya vazirligi vakillari, federasiya Ijroiya qo‘mitasi a’zolari, viloyat federasiyalari rahbarlari, hakamlar, murabbiylar, terma jamoa a’zolari ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi matbuot xizmati.

Kun tartibidan viloyat federasiya rahbarlari, O‘KMF bosh hakami va terma jamoalar murabbiylaridan kelib tushgan murojaat va arizalarni ko‘rib chiqish, shuningdek, tashkilotga yangi rahbar saylash masalalari o‘rin olgandi.

Yig‘ilish davomida federasiyada yuzaga kelgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi, muhokama qilindi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi raisi lavozimiga Alamjon To‘xtasinovich Mullayev nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari esa ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi. Shu tariqa, Alamjon Mullayev tashkilotning yangi rahbariga aylandi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:46, 26.09.2018.
O'qildi: 2793 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик