Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Butunjahon futbol sammitida O‘zbekiston delegasiyasi bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Butunjahon futbol sammitida O‘zbekiston delegasiyasi bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek, Ispaniyaning Madrid shahrida 24-25 sentyabr kunlari Butunjahon futbol sammiti bo‘lib o‘tdi. Ushbu sammitda O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov boshchiligidagi delegasiya ishtirok etdi. 

Sammit doirasida delegasiyamiz vakillari bir qancha Yevropa futbol jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va bir qator loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.
  Jumladan, Yevropaning TOP-5 chempionatlari qatoriga kiruvchi Germaniya Bundesligasining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Bernd Vilms bilan muzokara o‘tkazildi.   Muzokara doirasida O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Bundesliga o‘rtasida bir qancha yo‘nalishlar (muxlislar bilan ishlash, futbol akademiyalari, o‘rtoqlik o‘yinlari) bo‘yicha hamkorlik qilish uchun memorandum imzolashga kelishib olindi.   Ushbu masala bo‘yicha Bundesliga vakillari yaqin kunlar ichida Toshkent shahriga kelish rejalashtirilgan.   Bundan tashqari, “Real Madrid” klubiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadigan Adidas Generation kompaniyasi vise-prezidenti Karlos Pulido bilan muzokaralar o‘tkazildi. Adidas Generation kompaniyasi Adidas brendi ostida ishtirok etadigan mashhur klublar bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlar tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi. 

Dunyoning eng mashxur kompaniyalaridan biri hisoblangan “Amazon” kompaniyasi futbol sanoatida ham faoliyat yuritayotgani hech kimga sir emas. Kompaniya vakili Alessandro Tataranni bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda futbol marketingini takomillashtirish va o‘zbek futboli brendini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Futbolning jozibadorligini oshirishda translyasiya sifati juda katta ahamiyatga ega. Yevropada bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilib, translyasiya borasida katta muvaffaqiyatlarga erishilgan.   Bir qancha futbol ligalariga ushbu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatib kelayotgan TELLYO kompaniyasi vakili Jakob Maykovski o‘z kompaniyasi O‘zbekistonda ham futbol uchrashuvlari translyasiyasini yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilishini, bu borada kompaniyaning maxsus dasturini O‘zbekistonda sinab ko‘rish taklifini olg‘a surdi.   Yaqin kelajakda ushbu komaniya bilan hamkorlikda yurtimizda futbol translyasiyasining sifatini yaxshilash va yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirilmoqda.   

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston delegasiyasi 26-27 sentyabr kunlari LaLiga tashkiloti va “Real Madrid” akademiyasi bilan yana bir qancha hamkorlikdagi kelishuvlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.  
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 20:12, 26.09.2018.
O'qildi: 3088 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.