Bugun UYEFA tartib intizom qo‘mitasi "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning YECHLdagi qizil kartochkasi yuzasidan qaror qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi «Valensiya»ga qarshi o‘yinda bahsli qizil kartochka olgandi. UYEFA qoidalariga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chetlatish uchun futbolchi 3ta o‘yinga diskvalifikasiya qilinadi.
Futbol jamoatchiligi hakam Ronalduni nohaq maydondan chetlatdi, deya hisoblab, undan diskvalifikasiyani olib tashlashni UYEFAdan so‘radi. Tartib-intizom qo‘mitasi bu borada qarorni bugun e’lon qiladi.