Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Fazliddin G‘oibnazarov: «Jangga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapman»

Fazliddin G‘oibnazarov: «Jangga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapman»

Baho:
+1 | -1
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, Olimpiya o‘yinlari chempioni, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarov 20 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. O‘sha kuni unga mezbon bokschi Uilbert Lopes raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional boksda beshta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Ikkita g‘alabani muddatidan oldin qo‘lga kiritgan. Tajribali Lopes esa 34ta jang o‘tkazib, ularning 23tasida g‘alabaga erishgan. (15tasida nokaut evaziga). To‘qqiz marotaba mag‘lubiyatga uchragan (1 marotaba nokaut bo‘lgan).

Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va Media departamenti bokschimiz bilan bog‘lanib, ushbu jangga tayyorgarlik qanday ketayotgani bilan qiziqdi.

«Navbatdagi raqibim professional ringda yaxshigina tajribaga ega. Chapaqay. Men har bir raqibga qarshi alohida tayyorgarlik olib boraman. To‘qnash keladigan raqibimni o‘rganmay ringga chiqmayman.

Tayyorgarlikni uning chapaqayligini hisobga olgan holda olib boryapmiz. Mashg‘ulot zallarini ham shunga qarab o‘zgartirib turibmiz. Tajribali chapaqay bokschilar bilan sparring janglar o‘tkazdim. Bir so‘z bilan aytganda, tayyorgarlik raqibni to‘liq o‘rganishga qaratilgan.

O‘ylaymanki, bu menga asqotadi. 20 oktyabr kuni tomoshabop jang o‘tkazib, g‘alabaga erishmoqchiman», – dedi bokschimiz.

Milliy olimpiya qo‘mitasi navbatdagi jangda bokschimizga omad tilab qoladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:04, 27.09.2018.
O'qildi: 3701 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик