Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Paxtakor» «Qo‘qon-1912»ni yirik hisobda yengdi va ilk finalchiga aylandi

«Paxtakor» «Qo‘qon-1912»ni yirik hisobda yengdi va ilk finalchiga aylandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

Uchrashuvning debyutidayoq mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi: Eldor Suyunov to‘pni zarb bilan tepganidan so‘ng, unga Dragan Cheran boshi bilan zarba berib Tiago Bezerrani qulay vaziyatga olib chiqdi. Jarima maydoniga yorib kirgan braziliyalik hujumchi o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni ochdi.

Biroq qo‘qonliklar bu golga tezda javob qaytardilar: Javohir Siddiqov dribling bilan raqib futbolchilarini birma-bir aldab jarima maydoniga yorib kirdi, uni Dilshod Rahmatullayev qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishga majbur bo‘ldi. Penaltini Murod Xolmuhamedov aniq bajarib, muvozanatni tikladi.

21-daqiqada mezbonlarning himoyadagi beparvoliklari qimmatga tushdi: Rahmatullayev jarima maydonidan chiqib kelgan to‘pni o‘ziga o‘nglab oldi va chiroyli zarba bilan to‘pni to‘qqizlik burchakka joylab qo‘ydi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Jaloliddin Masharipov chap qanotdan raqib jarima jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi, u yerda nazoratsiz qoldirilgan Ismoil Gonsalvesh yaqin masofadan gol urdi.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar katta ustunlikka ega bo‘lishdi va bu hisobda ham aks etdi. 66-daqiqada Masharipov qanotdan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi.

77-daqiqada Bezerra o‘yindagi dublini nishonladi va hisobni 1:5 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. O‘yin yakunlanishi arafasida Suxrob Berdiyev raqib jarima raqib maydoni ichida belgilangan erkin zarbani golga aylantirdi: darvoza to‘siniga tegib qaytgan to‘p, Igor Sergeevga tegib darvozadan joy oldi.

Shu tariqa, “Paxtakor” uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Qo‘qon shahridan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi va “sherlar” ilk finalchiga aylanishdi.

O‘zbekiston Kubogi, yarim final

“Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” 2:5 (1:3, 1:1)

Gollar: 0:1 – 1 Bezerra, 1:1 – 6,penalti Xolmuhamedov, 1:2 – 21 Rahmatullayev, 1:3 – 45+1 Gonsalvesh, 1:4 – 66 Masharipov, 1:5 – 77 Bezerra, 2:5 – 90+1, avtogol Sergeev.

“Qo‘qon-1912”: O‘tkir Yusupov, G‘iyos Komilov (Suhrob Berdiyev, 46), Javohir Sidiqov, Firdavs Asadov (Behruz Sa’dillayev, 70), Oybek Rustamov, Quvondiq Ro‘ziyev (Bahodir Akramov, 70), Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Iqbol Malikjonov (Nosirbek Otaqo‘ziyev, 46), Muhammadanas Hasanov (Darko Gojkovich, 58).

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimes, Sherzod A’zamov, Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov (Vladimir Kozak, 72), Dilshod Rahmatullayev (Jamshid Iskanderov, 81), Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboyev, 81), Dragan Cheran (Bahrom Abdurahimov, 82), Ismoil Gonsalvesh, Tiago Bezerra (Igor Sergeev, 78).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:35, 27.09.2018.
O'qildi: 3833 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.