Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Chig‘atoy»da Ispaniyaga safar qilayotgan bolalar kutib olindi

«Chig‘atoy»da Ispaniyaga safar qilayotgan bolalar kutib olindi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining 1-vise prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan "Real Madrid" klubi akademiyasi va O‘FA o‘rtasida tuzilgan kelishuvga asosan madridlik mutaxassislar tomonidan tanlab olingan 20 nafar bola Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo‘yicha master klasslarda ishtirok etib, tajribalarini oshirish maqsadida Ispaniyaning Madrid shahriga yuborilayotgani haqida xabar bergan edik.

“Chig‘atoy” sport bazasida Ispaniyaga mahorat darslarini o‘tash uchun yo‘l olayotgan futbolchilarni kutib olish hamda ularning ota-onalari bilan xayrlashuv marosimini o‘tkazish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘FA mutasaddilari tashrif buyurgan ota-onalarga Ispaniya safari, u yerda amalga oshirilishi rejalashtirilgan mahoratni oshirish bo‘yicha tadbirlar, master klasslar, safar davomida tashrif buyuriladigan joylar haqida ma’lumotlar berildi. Ota-onalar va bolalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib unga javob oldilar.

Yig‘ilish so‘ngida ota-onalar so‘zga chiqib, ushbu tajriba orttirish safarni uyushtirib bergani uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti Umid Ahmadjonovga hamda tashkilotning barcha mutasaddilariga minnatdorchilik bildirib, ota-onalar tomonidan yozilgan tashakkurnomani taqdim etishdi. Safarga otlangan bolalar va ularni borib-kelishlarida hamrohlik qilayotgan murabbiy va mutasaddilarga oq yo‘l tilashdi.

Yig‘ilish nihoyasiga yetgach, bolalar yotoqxonalarga joylashtirildi. Ularga 3 kunlik safar oldi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari e’lon qilindi. Shundan so‘ng 29 sentyabr kuni Madridga safar qilinadi. Madrid safari 6 oktyabr kuniga qadar davom etadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 19:38, 28.09.2018.
O'qildi: 3496 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик