Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Baxtiyor Ashurmatov uzr so‘radi

Baxtiyor Ashurmatov uzr so‘radi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – AGMK (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga  javob berdi.

Bugun murabbiylik faoliyatimdagi eng muhim o‘yinlardan biri bo‘ldi. Chunki murabbiy sifatida hech qachon finalga chiqmagandim, jamoa futbolchilarning ko‘pchiligi ham oldin finalda o‘ynashmagan.

Shu sababli yigitlarga bunday imkoniyat har doim ham bo‘lavermasligini uqtirdim. Bugun oxirgi jangga chiqqandek o‘ynashlarini aytgandim. Xudoga shukur futbolchilar oxirigacha kurashishdi va g‘alabaga erishdik.

"Bunyodkor" o‘yin olib borish bo‘yicha O‘zbekistonning yetakchi jamoalaridan biri. Bugungi ajoyib o‘yin uchun o‘z futbolchilarimga ham, raqib a’zolariga ham minnatdorchilik bildirib o‘tgan bo‘lardim.

- Hisob 2:0 bo‘lganida beshinchi himoyachini tushurasiz deb kutgandim. Menimcha g‘alabada aynan shu jihat rol o‘ynadi. O‘sha paytda nima uchun beshinchi himoyachini tushurmadingiz?

- To‘g‘ri fikr bildirdingiz. Chunki agar beshinchi himoyachini tushiradigan bo‘lsam tayanch yarim himoyachilaridan birini olishim kerak bo‘lardi.

Hisob 2:1 bo‘lganidan keyin katta hajmdagi ish bajargan va charchab qolgan Jasur Hasanovning o‘rniga himoyachini tushurdim. O‘yin qo‘pol xatolarsiz o‘tayotgandi shu sababli men shoshmadim. Nimanidir sindirib qo‘yishdan qo‘rqib beshinchi himoyachini tushirishdan qo‘rqdim".

- Trifunovich AGMKga kelganidan beri yaxshi o‘yin namoyish etganini ko‘rmadik. Aynan nima uchun u xarid qilingan?

- "Bunyodkor"da o‘ynaganidan ham oxirgi o‘ynagan klublarida ham o‘zidan yomon taassurot qoldirmagandi. Hujumchi muammosi paydo bo‘lgach, shoshilinch tarzda futbolchi qidirdik. Ochig‘i, Filipp Rayevasni ham olmoqchi bo‘ldik.

Boshqa futbolchi chiqmagani uchun Trifunovichni jamoaga olib keldik. Biz undan juda ko‘p narsa kutayapmiz. Lekin kelganidan keyin moslashish jarayoni qiyin kechdi, undan keyin jarohat oldi.

- Finalda "Paxtakor" bilan o‘ynaysizlar. Tarkib va mahorat bo‘yicha raqib ustunligi aniq. Finalga alohida yondoshuv bo‘ladimi yoki hozirgi taktikadan voz kechmaysizmi?

- Bir necha yillardan buyon "Bunyodkor" jamoasi bir xil tarkib bilan o‘ynab kelmoqda. Shu jihatdan bugungi o‘yinda ham raqib bizdan ustun sanalgandi. Lekin mazkur uchrashuv barchasi maydonda hal bo‘lishini ko‘rsatib berdi.

"Paxtakor" juda kuchli jamoa. Bunday imkoniyat har doim ham bo‘lavermaydi. Finalda futbolchilarda qo‘shimcha kuch paydo bo‘lishi aniq. "Paxtakor" bilan ham xuddi shunday jangovor o‘yin namoyish etamiz degan umiddamiz.

Bugungi o‘yinda bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman. O‘yin oxirida tempni tushirish uchun o‘yinchilarimiz tomonidan vaqt cho‘zishga harakat bo‘lgan bo‘lsa muxlislardan va teleekran qarshisidagi tomoshabinlardan uzr so‘ragan bo‘lardim. Bu holat boshqa takrorlanmaydi.

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 00:27, 29.09.2018.
O'qildi: 6603 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.