Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari bilan tanishuv. Buxoro viloyat

Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari bilan tanishuv. Buxoro viloyat

Baho:
+-2 | -

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi “Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab internatlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 410-sonli Qarori hamda, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining 2018 yil 3 avgustdagi “Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga qabul qilish bo‘yicha” 128-i/ch sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab akademiyalarga qabul jarayoni bo‘lib o‘tgani hamda rasmiy sahifamiz orqali respublikadagi har bir akademiya haqida ma’lumot berib o‘tishimiz haqida xabar bergan edik.

Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga bolalar 11 yoshdan boshlab qabul qilinadi. Imtixonlar 4 yo‘nalish bo‘yicha topshiriladi. 
- o‘yin amaliyoti;
- jismoniy sifatlar;
- texnik sifatlar;
- tezkor fikrlash.

Yuqoridagi imtixonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bolalar o‘quv dargohiga qabul qilinadi va ularning ota-onalari bilan shartnoma tuziladi. 

Respublikaning 12 viloyati hamda Qoraqalpog‘iston bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasiga imtihonlar 4 avgustdan 22 avgust kuniga qadar davom etdi. 2001-2007 yillar oralig‘ida tug‘ilgan, futbolga ixlosmand bolalar va o‘smirlar 2 bosqichdan iborat imtixonlarni topshirdilar. Har bir yil bo‘yicha imtixonlarni eng muvaffaqiyatli topshirgan futbolchilar akademiyalarga qabul qilindi. Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga qabul qilingan bolalar noyabr oyida poytahtda tashkil etilgan musobaqada viloyat terma jamoasi safida ishtirok etadilar hamda, ulardan eng iqtidorlilari Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida o‘qishini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bugun Buxoro bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
 
- Buxoro bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasiga har bir yosh toifasidan 22 tadan umumiy 154 nafar o‘quvchi qabul qilindi;
 
- Akademiyada o‘qish jarayoni 2018 yilning 5 sentyabr kunidan boshlandi;
 
- har 3 oyda akademiya rezervi uchun kirish imtixonlaridan o‘ta olmagan yoki umuman imtixonda qatnashmagan bolalar uchun qayta imtixonlar o‘tkaziladi;
 
- har 6 oyda Respublika akademiyasiga o‘qishga o‘tgan yoki akademiyada fanlarni o‘zlashtira olmay imtixondan yiqilganlarni o‘rnini to‘ldirish uchun uchun qaytadan akademiya rezervidan sportchilar saralab olinadi;
 
- Akademiya direktori: Po‘latov Baraka Xayriyevich;
 
- Akademiya manzili: Shofirkon tumani, Boboato, Naqqosh ko‘chasi 40-uy; 
 
- Ma’lumot uchun telefon: +998505022189

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 10:38, 29.09.2018.
O'qildi: 4588 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.