Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

BAAda Osiyo Kubogi – 2019 tashkiliy ishlari yuzasidan inspeksiya boshlandi

BAAda Osiyo Kubogi – 2019 tashkiliy ishlari yuzasidan inspeksiya boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

2018 yilning 27 sentyabr kuni birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasiga bag‘ishlangan seminar o‘z ishini boshlagani hamda ushbu seminarda Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi barcha terma jamoalarning vakillari ishtirok etishayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun BAAdagi seminarning 3 kunida terma jamoamiz vakillari O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlar o‘tkazadigan shaharlardan dastlabgisi bo‘lgan Al-Ayn shahriga tashrif buyurishdi. “Xalifa bin Zayd” o‘yingohiga tashrif buyurgan O‘FA vakillari stadionning bugungi kundagi holati, kiyim almashtirish xonasi, o‘yin uchun zarur bo‘lgan jihozlar, massaj xonasi va muzli basseyn bilan bog‘liq tashkiliy ishlar yuzasidan OFK koordinatori Meyza Essaga zaruriy ko‘rsatmalarni berishdi. Tashkiliy qo‘mita vakili O‘FA mutasaddilariga ushbu o‘yingohning maysasi Osiyo kubogi boshlanguniga qadar qishgi mavsum uchun chidamli bo‘lgan chimga almashtirilishini ta’kidladi. 

Shuningdek vakillarimiz terma jamoa uchun eng qulay mashg‘ulot maydonini tanlash imkoniga ega bo‘ldi. O‘yingoh hamda mashg‘ulotlar maydoni bilan bog‘liq barcha ishlar hal etilgach, mutasaddilarimiz terma jamoamiz joylashadigan “Hil Rayyan Rotana”mehmonxonasi bilan tanishishdi. Terma jamoamiz uchun mehmonxonada kerak bo‘ladigan shart-sharoitlarni yaratish uchun OFK vakiliga takliflar bildirildi.

Shundan so‘ng Sharja shahriga safar qilgan O‘FA vakillari yuqorida aytib o‘tilgan masalalar yuzasidan bu yerda ham tanishuv ishlarini o‘tkazishdi va yaratilishi lozim bo‘lgan sharoitlar yuzasidan OFK koordinatoriga ko‘rsatmalar bo‘rildi. Sharja shahrida milliy terma jamoamiz vakillari “Hilton” mehmonxonasida istiqomat qilishadi.

Seminarning so‘nggi kunida vakillarimiz Dubay shahriga yo‘l olishadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 22:52, 29.09.2018.
O'qildi: 2017 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.