Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«Yuventus» «Napoli»ni yengib, yaqqol peshqadamga aylanib oldi

«Yuventus» «Napoli»ni yengib, yaqqol peshqadamga aylanib oldi

Baho:
+ | -

Italiya chempionati 7-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv “Yuventus” va “Napoli” bahsi nihoyasiga yetdi. “Alyans Stedium” o‘yingohida kechgan uchrashuvda mezbonlar ishonchli hisobda g‘alaba qozondi.

O‘yin debyuti mehmonlar uchun omadli keldi: 10-daqiqada Dris Mertens jamoasining kombinasiyasini aniq zarba bilan muvaffaqiyatli yakunladi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Krishtianu Ronaldu chap qanotdan tezlik oldi va to‘pni jarima maydoni markaziga uzatdi, u yerda Mario Manjukich boshi bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida endi turinliklar omadli hararakat qilishdi: raqib maydoni tomonda to‘pni qabul qilib olgan Ronaldu uzoq masofadan zarba berdi, biroq to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Manjukich bo‘sh qolgan darvozaga joylab, jamoasining ikkinchi golini urdi.

O‘yinning 58-daqiqasida neapolliklar kamchilik bo‘lib qolishdi, Mariu Ruy maydon markazida Paulo Dibalaga nisbatan juda qo‘pol o‘ynadi va ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi. Chetlatishdan so‘ng mehmonlar bir nechta xavfli hujum tashkil qilishga erishdilar, lekin ular samara bermadi.

Uchrashuvning 76-daqiqasida mezbonlar standart vaziyatdan unumli foydalanishdi: burchakdan uzatib berilgan to‘pga Ronaldu boshi bilan zarba berdi, Lernardo Bonuchchi esa to‘pni darvoza tomon burib yuborib, jamoasining uchinchi golini urdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, «Yuventus» A Seriyadagi g‘alabali seriyasini davom ettirdi va 21 ochko bilan yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.

A Seriya, 7-tur

Yuventus – Napoli 3:1 (1:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 10 Mertens, 1:1 – 26 Mandjukich, 2:1 – 49 Mandjukich, 3:1 – 76 Bonuchchi.

Yuventus – Shesni, Kyellini, Joau Kanselu, Aleks Sandro, Bonuchchi, Pyanich, Matyuidi, Djan (Bentankur, 62), Ronaldu, Dibala (Bernardeski, 64), Mandjukich (Kuadrado, 84).

Napoli – Ospina, Albiol, Xyusay, Mariu Ruy, Kulibali, Zelinski (Malkyui, 61), Gamshik (Fabian Ruis, 70), InsinYE, Allan, Kalyexon, Mertens (Milik, 61).

Ogohlantirishlar: Mariu Ruy (24), Kulibali (40), Xyusay (55), Bonuchchi (60), Insinye (60), Joau Kanselu (69), Aleks Sandro (85).

Chetlatish: Mariu Ruy (58).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:02, 29.09.2018.
O'qildi: 8408 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.