Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

La Liga 7-tur yakuni: «Barselona» va «Real» yana ochko yo‘qotdi

La Liga 7-tur yakuni: «Barselona» va «Real» yana ochko yo‘qotdi

Baho:
+1 | -

La Liganing 7-tur uchrashuvlari yakunlandi.

Mazkur tur qiziqarli voqealarga boy o‘tdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi, “Barselona” “Kamp Nou”da mag‘lubiyatdan qutulib qolgani, Madrid derbisida darvozabonlar shousi bo‘lib o‘tgani barchani hayratda qoldirgan bo‘lsa ajabmas.

***

Barselona – Atletik 1:1

«Kamp Nou»

Gol: 0:1 – 41 De Markos, 1:1 – 84 Munir.

“Barselona” – “Atletik” uchrashuviga kelsak bu o‘yinda “basklar” kamida 3 ta gol urishlari mumkin edi. Ayniqsa, Inyaki Uilyams ko‘plab vaziyatlarni ko‘kka sovurdi. “Barselona” esa ikkinchi bo‘limning 70-daqiqasida o‘ziga kela boshladi. Ko‘plab hujumlar va o‘zgarishlardan so‘ng “anorranglilar” 84-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng, “Atletik” himoyaviy o‘yin ko‘rsatib “Kamp Nou”dan bir ochko ishlab ortga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “basklar” “Real” bilan ham durang o‘ynagandi.  

Tarkiblar

Barselona: Ter Shtegen, Nelson Semedu, Pike, Langle, Alba, Vidal (Messi, 55), Serji Roberto (Buskets, 51), Rakitich, Dembele (Munir, 80), Suares, Koutinyo.

Atletik:Mendibil, De Markos, Yeray Alvares, Martines (Nolaskoayn, 23), Balensiaga, Dani Garsiya, Benyat (San Xose, 67), Susayeta, Raul Garsiya, Berchiche, Inyaki Uilyams (Aduris, 79).

Ogohlantirishlar: Yeray Alvares (48), Rakitich (78), Buskets (89), Dani Garsiya (90), Nolaskoayn (90), Messi (90).

***

Real Madrid – Atletiko 0:0

29 sentyabrya, 21.45, «Santyago Bernabeu»

7-turning markaziy uchrashuvi deb hisoblangan Madrid derbisida hisob ochilmay qoldi. UYEFA Superkubogida mag‘lubiyatni qabul qilib olgan “Real” futbolchilari, bu safar “matraschilar”dan o‘chlarini ololmadi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida Garet Beyl va Antuan Grizmannda gol urishga qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Biroq, goh Kurtua, goh darvoza ustuni jamoalarga gol urishga halal berardi. O‘tgan turda Marselodan ajragan “Real”, bu safar Beylni yo‘qotdi. Birinchi bo‘limda jarohatlangan uelslik futbolchi, ikkkinchi bo‘limda zahiraga olindi. Bu o‘yindan ko‘p narsa kutgan muxlislar o‘zlari kutgan natijani olisholmadi.

Tarkiblar

Real Madrid: Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Nacho, Modrich (Vaskes, 82), Kazemiro, Kroos, Beyl (Sebalyos, 46), Benzema (Vinisius Junior, 88), Asensio.

Atletiko: Oblak, Xuanfran, Ximenes, Godin, Filipe Luis, Lemar (Korrea, 60), Saul, Rodri Ernandes (Kalinich, 85), Koke, Diyego Kosta (Parti, 69), Grizmann.

Ogohlantirishlar: Karvaxal (30), Xuanfran (48), Lemar (59), Ramos (61), Koke (70), Nacho (90), Korrea (90).

*****

Ueska – Jirona 1:1

«El Alkoras»

Gol: 0:1 – 37, penalti Stuani, 1:1 – 72, penalti Melero.

Mazkur uchrashuvda muxlislar ikkita penaltini guvohi bo‘lishdi. Biroq yaqqol g‘alaba qozongan jamoani ko‘rishmadi. “Barselona” bilan durang o‘ynagan “Jirona” safarda debyutant jamaoani yengolmadi. Dastlab 37-daqiqada Stuani penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa. Ikkinchi bo‘limning 72-daqiqasida Melero ham penaltidan gol urishga erishdi va uchrashuv shunday natija bilan yakunlandi.

***

Vilyarreal – Valyadolid 0:1

«Estadio de la Seramika»

Gol: 0:1 – 53 Suares.

Turning yana bir qiziqarli uchrashuvi “Vilyarreal” – “Valyadolid” uchrashuvida sensasion natija qayd etildi. To‘g‘ri, bu o‘yinda bor yo‘g‘i bitta gol urilgan. Qizig‘i shundaki, debyutant jamoa “sariq suv osti” kemasini yanada chuquroqga g‘arq qilgani bo‘ldi. Ronaldoning jamoasi ketma-ket ikkinchi marta g‘alaba qozondi. Bu tahsinga loyiq natija. Ushbu o‘yinda yagona golni Suares urishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasini yana bir g‘alaba sari oldimladi.

***

Levante – Alaves 2:1

30 sentyabrya, 19.30, «Syudad de Valensiya»

Gol: 0:1 – 5 Sobrino, 1:1 – 19 Jeyson, 2:1 – 36 Tonyo.

“Levante” “Syudad de Valensiya” stadionida “Alaves”ni qabul qildi va g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvning 5-daqiqasida “Alaves” hisobni ochgan bo‘lsa, Jeyson 19-daqiqada yana muvozanatni tikladi va Tonyo 36-daqiqada g‘alaba golini kiritdi va o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi.

***

Betis – Leganes 1:0

«Benito Vilyamarin»

Gol: 1:0 – 89 Moron.

Yana bir “basklar” o‘lkasidan bo‘lgan jamoa “Betis” mazkur turda chinakamiga iroda ko‘rsatdi. Butun o‘yin davomida taktik hujumlarga guvoh bo‘lgan muxlislar o‘z jamoalirining golini 89-daqiqa kutib o‘tirishdi. Uchrashuv so‘nggida barchaning umidi uzilganida Moron g‘alaba golini kiritib, jamoasiga 3 ochko hadiya etdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Betis” turnir jadvalida “Atletiko” bilan tenglashib oldi.

***

Rayo Valyekano – Espanyol 2:2

«Kampo de Valyekas»

Gol: 1:0 – 6 de Tomas, 1:1 – 19 Iglesias, 1:2 – 45 Granero, 2:2 – 47, penalti Kakuta.

“Rayo Valyekano” o‘z maydonida Kataloniyaning “Espanyol” klubini qabul qildi va durang natija qayd etdi. Mezbonlar dastlabki golni 6-daqiqada urishlariga qaramay, 19-daqiqada Iglesias hisobni tenglashtirdi, 45-daqiqada esa Granero mehmonlarni hisobda oldinga chiqardi. Ikkinchi bo‘limning boshida Kakuta penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi va jamoalar durangga cheklandi.

***

Real Sosyedad – Valensiya 0:1

29 sentyabrya, 14.00, «Anoeta»

Gol: 0:1 – 36 Gameyro.

7-turda “Valensiya” “Anoeta”ga safar uyushtirdi va u yerdan g‘alaba bilan ortga qaytdi. O‘tgan turlarda o‘zini yaxshi tarafdan ko‘rsatayotgan “Real Sosyedad” bu safar muxlislari qarshisida mag‘lubiyatni qabul qilib olishdi. Uchrashuvdagi yagona golni yozda “Atletiko” klubidan kelib qo‘shilgan Kevin Gameyro urishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday tarzda “ko‘rshapalaklar” omadsiz seriyaga chek qo‘yishdi.

****

Eybar – Sevilya 1:3

«Munisipal de Ipurua»

Gol: 0:1 – 47 Andre Silva, 0:2 – 59, penalti Banega, 0:3 – 90 Banega, 1:3 – 90 Jordan.

O‘tgan turda “Real”ni mag‘lubiyatga uchratishga erishgan “Sevilya” g‘alabali seriyasini davom ettirdi. Bu safar “Sevilya” “Eybar”ni o‘z maydonida taslim qildi. Joriy mavsum sermahsuldorlik bobida Messi va Ronalduni ortda qoldirayotgan Andre Silva 47-daqiqada penaltidan hisobni ochib bergan bo‘lsa, Banega 59-daqiqada yana bir penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. E’tibor qarating! 90-daqiqada Banega dublni rasmiylashtirdi va soniya ham o‘tmasdan turib Jordan hisobni qisqartirdi. Ammo, uning jamoasi baribir mag‘lubiyat alamani totdi.

7-turdan so‘ng turnir jadvali bilan tanishing.

 

 

 

 

Abror Eshonxonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:20, 01.10.2018.
O'qildi: 4345 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.