"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Sarri jamoa himoyachisi David Luiz haqida fikrlarini bildirdi.
"Aytishim kerakki, u men o‘ylagandan yaxshiroq ekan. Ancha yaxshi. Inson va futbolchi sifatida ham. Bilmadim bu yerda mengacha nimalar sodir bo‘lgan, ammo bu yerga keliboq, uning ko‘nglimdagidek futbolchi ekanini ko‘rdim, u texnikasi zo‘r markaziy himoyachisi.
Keyin uni insoniylik sifatlariga guvoh bo‘ldim. U dangalchi. Agar u murabbiyga nimadir demoqchi bo‘lsa, buni men bilan albatta muhokama qiladi. U oldimga keladi va biz suhbatlashamiz. Bu Kontega yoqqanmi, bilmadim, ammo menga dangalchi odamlar yoqadi.
U mavsum oldidan boshi berk ko‘chada edi: ikki yil avval bosh himoyachi bo‘lgan, keyin yarim yil o‘ynamagan, buni ranjitgan. U o‘z xarakteri bilan mening futbolimga mos tushadi.
U himoyadan hujum boshlashni uddalay oladi. U menga juda mos", - deydi Sarri.