Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

O‘zbekiston U-17 Ispaniya safari oldidan 3 oktyabr kuni Toshkentda yig‘in boshlaydi

O‘zbekiston U-17 Ispaniya safari oldidan 3 oktyabr kuni Toshkentda yig‘in boshlaydi

Baho:
+ | -

Otabek G‘ulomxo‘jayev murabbiyligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaning Malaga shahrida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada qatnashishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu safar oldidan terma jamoamiz 3 oktyabr kuni “Chig‘atoy” sport bazasida yig‘inga kirishadi. 3 oktyabrdan 7 oktyabrgacha davom etadigan yig‘inda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi “Lokomotiv” klubining o‘rinbosarlariga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi.

Malagada bo‘lib o‘tadigan musobaqada O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 3 ta bahsda maydonga tushadi. 10 oktyabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Fransiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi so‘nggi o‘yin 15 oktyabr kuni Shotlandiya U-18 terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro musobaqa
Malaga, Ispaniya

10 oktyabr Fransiya U-18 – O‘zbekiston U-17

13 oktyabr O‘zbekiston U-17 – Belgiya U-18

15 oktyabr O‘zbekiston U-17 – Shotlandiya U-18

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 13:15, 02.10.2018.
O'qildi: 2625 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик