Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Superliga. AGMK safarda «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

Superliga. AGMK safarda «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” va AGMK uchrashuvi yakunlandi. Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohida kechgan uchrashuv mehmonlarning g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi.

Dastlabki daqiqada har ikki jamoa bittadan xavfli vaziyatga ega bo‘lishdi. 9-daqiqada qo‘qonliklar jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Javohir Sidiqovning zarbasini mehmonlar posboni katta qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Uchrashuvning 41-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishdi. Muzaffar Muzaffarovning uzoqdan yo‘llagan zarbasi darvozadan o‘rin oldi. 43-daqiqada olmaliqlar ikkinchi to‘pni kiritishlari mumkin edi.

Uchrashuvning 59-daqiqasida mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Suhrob Berdiyevning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 65-daqiqada Bahodir Akramovning boshi bilan bergan zarbasini Abdulov qaytardi. 70-daqiqada «Qo‘qon-1912» hisobni tenglashtirishdi. Suhrob Berdiyevning kuchli zarbasidan keyin raqib darvozasi ishg‘ol etildi.

O‘yinning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Azamat Isroilov ikkinchi bor qo‘qonliklarni ranjitdi.

Superliga 25-tur

“Qo‘qon-1912” – AGMK – 1:2 (0:1)

Gollar: Suhrob Berdiyev – 70. - Muzaffar Muzaffarov – 41, Azamat Isroilov – 87.

“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev (5. G‘iyos Komilov – 46), 10. Javohir Sidiqov, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Govkovich (4. Bahodir Akramov -62), 65. Marko Milich, 96. Muhammadanas Hasanov (70. Jasur Hakimov – 54).

AGMK: 12. Roman Abdulov, 8. Muzaffar Muzaffarov, 9. Zafar Polvonov (22. Abdumalik Abdullayev – 78), 10. Shohnazar Norbekov (11. Jasur Hasanov – 65), 15. Vladimir Bubanya, 19. Vladislav Kasminin, 23. Yovan Jokich,  24. Javlon Guseynov, 70. Oybek Qilichev,  71. Jamshid Hasanov (6. Azamat Isroilov – 84), 72. Alisher Samatov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:34, 03.10.2018.
O'qildi: 2086 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.