Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Ispaniyada mashg‘ulotlarda qatnashayotgan yosh futbolchilar Madrid bo‘ylab sayohat qilishdi (foto)

Ispaniyada mashg‘ulotlarda qatnashayotgan yosh futbolchilar Madrid bo‘ylab sayohat qilishdi (foto)

Baho:
+ | -

"Real Madrid" klubi akademiyasi va O‘FA o‘rtasida tuzilgan kelishuvga asosan madridlik mutaxassislar tomonidan tanlab olingan 22 nafar bola Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo‘yicha master klasslarda ishtirok etib, tajribalarini oshirish maqsadida Ispaniyaning Madrid shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

“Real” klubi akademiyasida xorijlik mutaxassislar qo‘l ostida mashg‘ulot va master klasslarda ishtirok etayotgan futbolchilarimiz Madrid shahri bo‘ylab sayohatga chiqishdi. Dastlabki tashrif “Real” stadioni hamda muzeyiga bo‘ldi.

“Real” klubi muzeyiga tashrif buyurgan bolalarga maxsus biriktirilgan xodim, muzey xonalari, muzeydagi eksponatlar, klub tarixi, klubga mehnati singgan futbolchilar, xodimlar bilan tanishtirdi. Muzeydagi eksponatlar, muzey haqidagi ma’lumotlar o‘zbekistonlik yosh futbolchilarda juda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Bolalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan muzey xodimiga murojjat qilib, o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni oldilar.

Shundan so‘ng “Real” stadioniga tashrif amalga oshirildi. Stadionning kiyim almashtirish xonalari, mashg‘ulot maydoni, asosiy stadion, hamda boshqa binolar bilan tanishishdi. “Santyago Bernabeu”ning restoraniga kirishganda, stadion mutasaddilari tomonidan ularga syurpriz tayyorlab qo‘yilgan ekan. Ular ushbu restoranda “Real” mutaxassislari bilan birgalikda bayramona tushlik qildilar.

Stadion hamda muzey bilan tanishib bo‘lgach, bolalar Madrid shahridagi tarixiy obidalar, diqqatga sazovor joylar bilan tanishishdi. Sayohat yaxshi o‘tishi uchun klub tomonidan barcha qulayliklar yaratib berildi. Ushbu sayohat bolalarning bir umr yodlarida qolib, ularning futbolga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishi shubhasiz.

Bugundan boshlab, “Real” akademiyasida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar davom ettiriladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:20, 04.10.2018.
O'qildi: 4961 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик