Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Paraosiyo o‘yinlari. Jakartada O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi

Paraosiyo o‘yinlari. Jakartada O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, ertaga Indoneziyada III Paraosiyo o‘yinlari rasman start oladi. O‘zbekiston sport delegasiyasi musobaqa o‘tkaziladigan mamlakatga katta tayyorgarlik bilan yetib borgan.

Asosiy musobaqalar boshlanishiga ikki kun qolganida hamyurtlarimiz navbatdagi rasmiy tadbir – ishtirokchi mamlakatlarning bayroqlarini ko‘tarish marosimida qatnashishdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assosiasiyasi vakillari, murabbiylar va sportchilarimiz ishtirok etishdi. Vatanimiz madhiyasi sadolari ostida bayrog‘imiz ko‘tarildi.

Endi Jakartadagi Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i ham hilpirab turibdi. Marosim davomida Vatanimiz bayrog‘i bilan bir qatorda Singapur, Livan, Yaman va Mo‘g‘uliston bayroqlari ham ko‘tarildi.

Tadbir yakunida Paralimpiya shaharchasi meri Rafik Hakim Radinal delegasiyalar rahbarlariga esdalik sovg‘alarini topshirdi. O‘z navbatida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assosiasiyasi nomidan mezbonlarga atalgan esdalik sovg‘asi tuhfa qilindi.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:58, 05.10.2018.
O'qildi: 3214 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.