Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov Buenos-Ayresda muhim shaxslar bilan uchrashdi

MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov Buenos-Ayresda muhim shaxslar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Argentinada o‘smirlar o‘rtasidagi III yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda.

Nufuzli musobaqa oldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 5-6 oktyabr kunlari «Olympism in action» («Olimpizm harakatda») forumi tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi.

MOQ Bosh kotibi ushbu forum davomida Osiyo Olimpiya Kengashi va Milliy olimpiya qo‘mitalari assosiasiyasi prezidenti Shayx Ahmad al Fahad al Sabax bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar uchrashuvda 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasini muhokama qilishdi. O‘z navbatida al Sabax yaqin vaqtlar ichida O‘zbekistonga tashrif buyurib, bu mavzu bo‘yicha alohida uchrashuv tashkil qilinishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Jasur Matchanov Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Bax bilan ham uchrashdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonning XOQ forumlariga, nufuzli tadbirlariga mezbonlik qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Forum dasturidan yana bir qator masalalar o‘rin olgan. Jumladan, olimpizm qadriyatlari va ularning nafaqat xalqaro, balki milliy va global miqyosdagi o‘rni haqida, shuningdek, doping masalalari, o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy masalalari borasida ham fikr almashildi.

Ushbu forum shubhasiz sport tashkilotlari vakillari uchun yangi g‘oyalar va loyihalar bo‘yicha fikr almashish uchun haqiqiy tajriba maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:33, 05.10.2018.
O'qildi: 2516 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.