Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Kutib oling! Ular bugun yurtimizga qaytishadi

Kutib oling! Ular bugun yurtimizga qaytishadi

Baho:
+ | -

"Real Madrid" klubi akademiyasi va O‘FA o‘rtasida tuzilgan kelishuvga asosan madridlik mutaxassislar tomonidan tanlab olingan 22 nafar bola Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo‘yicha master klasslarda ishtirok etib, tajribalarini oshirish maqsadida Ispaniyaning Madrid shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
 
Ispaniyaga tashrifning so‘nggi kunida o‘zbekistonlik yosh futbolchilar “Real” klubi akademisining maydonida mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar. Mashg‘ulotlar jarayoni nihoyasiga yetgach, 22 nafar bola 4 jamoaga bo‘lingan holda o‘zaro o‘yin o‘tkazishdi. O‘yinlar so‘ngida akademiya mutasaddilari bolalarga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Shundan so‘ng, yosh futbolchilarga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan ular uchun shaharning diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil qilindi. Toshkentdan tashrif buyurgan 6 nafar murabbiy esa “Real” akademiyasida mashg‘ulot o‘tkazayotgan jamoaning sobiq futbolchisi Xabi Alonsoning mashg‘ulot jarayonini kuzatishga muvaffaq bo‘ldilar. 

Ispaniya safariga yo‘l olgan bolalar bugun, 6 oktyabr kuni Toshkentga qaytib keladilar. Kutib olish marosimi Islom Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti”da soat 20:45 da tashkil qilinadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 14:15, 06.10.2018.
O'qildi: 4334 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик