Kirish Ro'yxatdan o'tish

Umid Ahmadjonov: «Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatda harbiy sportchilarning hissalari katta»

Umid Ahmadjonov: «Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatda harbiy sportchilarning hissalari katta»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Intervyular

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgani va unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovlar ham ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.

MOQ rahbari tadbirda so‘zga chiqar ekan, Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatda harbiy sportchilarimizning o‘rni katta ekanligi haqida gapirdi.

Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatda albatta harbiy sportchilarimizning hissalari katta. Umuman, o‘zbek sportida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubining tutgan o‘rni beqiyos. Sportning deyarli har bir turida Mudofaa vazirligi sport klubi vakillarini uchratishimiz mumkin.

 

Ular orasida Osiyo o‘yinlari, Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelayotgan sportchilar talaygina. Fursatdan foydalanib, Sizlarni qit’amizda to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqada sovrindor bo‘la olganligingiz bilan tabriklayman. Endi 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ham muvaffaqiyatli yurishni davom ettirishingizga tilakdoshmiz”, dedi Umid Ahmadjonov.

Ma’lumot o‘rnida, Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarning 33 nafari Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari hisoblanadilar.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:55, 10.10.2018.
O'qildi: 2559 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.