Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

O‘zbekiston terma jamoasi va «Paxtakor» futbolchisi 6 oyga diskvalifikasiya qilindi

O‘zbekiston terma jamoasi va «Paxtakor» futbolchisi 6 oyga diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi va Toshkentning «Paxtakor» klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov OFK tomonidan 6 oy muddatga diskvalifikasiya qilindi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.

OFK Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan chiqarilgan qarorda qayd qilinishicha, Jakartada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqalari chorak finalida O‘zbekiston (U23) - Janubiy Koreya (U23) uchrashuvidan keyin o‘zbekistonlik futbolchi hakamga qarata suv idishini otgan. Shu bois Jaloliddin Masharipov 6 oy muddatga o‘rtoqlik o‘yinlaridan diskvalifikasiya qilindi. Ushbu qaror 8 oktyabrdan boshlab kuchga kirdi.

Shuningdek, futbolchi ushbu muddatdan tashqari yana bitta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tusha olmaydi. Bundan tashqari, "Paxtakor" futbolchisi 5 ming AQSH dollar jarimaga tortildi. Mazkur jarima 30 kun ichida to‘lab berilishi shart qilib qo‘yilgan.

OFKning mazkur qarori Masharipovga yetkazilgan hamda u ogohlantirilgan: bunday holat yana takrorlansa, futbolchi yanada jiddiyroq jazoga tortiladi.

Endilikda futbolchi O‘zbekiston terma jamoasi safida aprel oyiga qadar o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. Masharipov oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan KXDR va Qatarga qarshi uchrashuvlarni ham o‘tkazib yuboradi. Ammo Jaloliddin O‘zbekiston terma jamoasi safida yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi musobaqsida ishtirok etishi mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:38, 11.10.2018.
O'qildi: 9531 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.