- O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichida “Bunyodkor” jamoasiga qarshi bahs olib bordinglar va tarixda ilk bor final yo‘llanmasini naqd qildinglar. Ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonib finalga chiqish sizlar uchun qanchalik qiyinchilik tug‘dirdi?
- “Bunyodkor” klubi O‘zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri ekanini barcha futbolchilar yaxshi bilishardi. “Qaldirg‘ochlar” hamma tomonlama kuchli ekanligini hamma biladi. Qiyin bo‘lgan uchrashuvda kerakli bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdik. “Bunyodkor”ga qarshi barcha futbolchilarimiz natija uchun harakat qildi. Ko‘p sonli futbol muxlislarni “qaldirg‘ochlar”ning g‘alabasini tahmin qilgandi. Murabbiyimizning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajardik, deb o‘ylayman. Ko‘plab futbolchilar safarda o‘yin o‘tkazish qiyin bo‘ladi, deyishadi. Lekin bizda unday emas. Safarda bahs olib borish biz uchun uydagi uchrashuvlarga qaraganda nisbatan osonroq. Mehmondagi o‘yinlarda ko‘proq g‘alaba qozonyapmiz. Qarshida “Nasaf” jamoasiga qarshi uchrashuvda g‘alaba bilan qaytganimiz bunga misol.
- “Bunyodkor” jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabaning siri nimada?
- Oybek qilichov, Jasur Hasanov, Abduqahhor Xojiakbarov kabi tajribali futbolchilar evaziga biz g‘alabani qo‘lga kiritdik. Baribir tajriba o‘z so‘zini aytadi. Tarkibimizda chenmpionlik maqomiga ega bo‘lgan futbolchilar faoliyat yuritishadi. Bosh murabbiyimiz ham raqib jamoaning ojiz nuqtalarini topdi. Shuning uchun g‘alabani qo‘lga kiritdik.
- Tajriba evaziga g‘alaba qozonganingiz haqida gapiryapsiz. Lekin “Bunyodkor” jamoasi tarkib borasida sizlardan kuchsiz emas edi...
- To‘g‘ri, “Bunyodkor” ham kuchsiz jamoa emas. Ushbu o‘yinda omad biz tomonda bo‘ldi. Omad kuchlilarga kulib boqadi. Shu kuni raqiblarimizga qaraganda kuchliroq o‘yin ko‘rsatdik.
- Siz Davron Fayziyev, Vadim Abramov kabi murabbiylar qo‘l ostida ham faoliyat yuritgansiz. Hozirgi kunda AGMK jamoasida Baxtiyor Ashurmatov bilan birga ishlayapsiz. Ushbu murabbiy haqida qanday fikrdasiz?
- Insoniy jihatlari tomondan yuqorida sanab o‘tgan murabbiylarning barchasi futbolchilar bilan iliq munosabatda bo‘lishgan. Ularning futbolchilar bilan bo‘lgan muomalasi yaxshi bo‘lgan. Murabbiylik tomonidan har birining o‘yin uslubi umuman boshqacha. Ularning o‘zlarini o‘yin taktikasi bor. Baxtiyor Ashurmatov ham yuqorida sanab o‘tgan murabbiylar sirasiga kiradi. Baxtiyor Ashurmatov futbolchilarni nafsoniyatiga tegadigan so‘zlar bilan hech qachon xaqorat qilmaydi. Baxtiyor aka Ashurmatov ayrim murabbiylarga o‘xshab bizga taqiq qo‘ymaydi.
- O‘zbekiston kubogida tarixda ilk bor final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdinglar. Aytish joizki finalda Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi bahs olib borasizlar. Ushbu o‘yindan oldin qanday fikr bildirasiz?
- Kuchsiz raqiblar finalga chiqishmaydi. Biz o‘zimizdan-o‘zimiz finalga chiqib qolmadik. “Nasaf”, “Bunyodkor” kabi kuchli jamoalarni mag‘lubiyatga uchratdik. “Paxtakor” hozirgi kunda eng kuchli jamoalardan biri. “Sherlar”ning zaxirasi ham kuchli. Har bir futbolchisi o‘ziga hos mahoratga ega.
Abdulloh suhbatlashdi