Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Davron Fayziyev: «Erkinjon Turdimovning «Dinamo»ni o‘z nazoratiga olgani bizga katta kuch berdi»

Davron Fayziyev: «Erkinjon Turdimovning «Dinamo»ni o‘z nazoratiga olgani bizga katta kuch berdi»

Baho:
+ | -

“Dinamo” - “Orol” (3:0) uchrashuvidan keyin “Dinamo” jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziyev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugun jamoamiz yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsada, futbolchilar ko‘rsatgan o‘yindan to‘liq qoniqish hosil qildim, deyishim qiyin. Negadir, o‘z maydonimizda o‘yin jihatdan tashabbusga ega bo‘layotgan bo‘lsakda, jamoa safardagidan nisbatan og‘irroq o‘yin namoyish etmoqda. Shu jihati menga yoqmayapti.

- Jamoa futbolchilaridan aynan nimani kutayapsiz?

- Men har o‘yinda maydonda jang qiladigan, shijoatli va kurashuvchi jamoani ko‘rmoqchiman. Hozirgacha oladigan bo‘lsak, uyimizda faqat “Mash’al”ga qarshi ko‘rsatgan, 2:0 hisobida yutgan o‘yinimizdan qoniqdim. Safarda jamoa yaxshiroq o‘ynayotgan bo‘lsa, uyda men kutgan o‘yinni har doim ham ko‘rsata olmayapmiz. Menga har o‘yinda raqib xoh oxirgi o‘rinda bo‘ladimi, xoh peshqadam jamoa bo‘ladimi ularga qarshi maydonda jang qiladigan futbolchilar va o‘yin kerak. Hozirda esa raqiblarga qarshi jamoaning ruhiy tayyorgarligi turli xil bo‘lmoqda. Jamoa istalgan o‘yinda jangovar kayfiyatda tushishi shart. Shu bois futbolchilardan eng avvalo shijoat, kurash va tezlikni talab qilaman.

- “Orol” so‘ngi turda “Mash’al” ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Bu ham jamoani o‘yinga tayyorlashda ta’sir qilgandir?

- Chindanam, “Orol” jamoasi so‘nggi pog‘onada borayotgan bo‘lsada, raqiblariga jiddiy qarshilik ko‘rsata oladi. Shu bois yigitlarimizga bu raqibga qarshi bahs qiyin bo‘lishini uqtirgandim. Bugungi o‘yinni ko‘rmay, faqat 3:0 natijani eshitgan muxlislar “Dinamo” oson g‘alabani qo‘lga kiritdi deb o‘ylashi mumkin, ammo bugun jamoaga 3 ochkoni qo‘lga kiritish oson bo‘lgani yo‘q.

- Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning “Dinamo” bilan uchrashuvi va jamoani o‘z nazoratiga olgani ham futbolchilarga qandaydir ruhiy ko‘mak berayaptimi?

- Shubhasiz! Erkinjon Oqbo‘tayevichni butun O‘zbekiston futbol jonkuyari sifatida bilishi bejizga emas. Bunday rahbar bilan faqat yuqori natijalarni ko‘zlayapmiz. Viloyat hokimining biz bilan uchrashuvda belgilagan vazifa va maqsadlari bizga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Xususan, futbolchilar ham buni juda yaxshi tushunib turishibdi. Erkinjon Turdimovning “Dinamo”ni o‘z nazoratiga olgani bizga katta kuch berdi. Yig‘ilishdan so‘ng, kuni kecha klub qarorgohida bo‘lib, vaziyat bilan to‘liq tanishdilar, uchrashuv davomida “Dinamo” jamoasi tarixini shu darajada yaxshi bilishlari shaxsan meni hayratga soldi. Erkinjon Oqbo‘tayevichning shonli tarixga ega “Dinamo” jamoasi mavqeini yana qayta tiklash borasidagi gaplari biz uchun ham katta mas’uliyat bo‘ladi.

- Pro-Liga yakunigacha 7 tur qoldi. Jamoa eng yaqin ta’qibchisidan 7 ochko ortda qolmoqda. Jamoaning peshqadamlar safiga kirib olishi imkoniyati qay daraja deb o‘ylaysiz?

- Oldin ham aytganman, hozir ham aytaman – “Dinamo” oxirigacha kurash olib boradi. Viloyatimiz hokimi bilan uchrashuvdan keyin jamoamiz oldiga katta vazifalar qo‘yildi. Biz har bir o‘yinda g‘alaba uchun kurashishda davom etamiz.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:12, 12.10.2018.
O'qildi: 2860 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.