Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

O‘zbekiston yoshlari Belgiya bilan ham durang o‘ynadi

O‘zbekiston yoshlari Belgiya bilan ham durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Shotlandiyaga qarshi bellashuvning dastlabki 20 daqiqasida ustunlik yevropaliklar tomonidan bo‘lib, shundan keyingina o‘zbekistonlik futbolchilar o‘yinning borishini tenglashtirishgan va ikkinchi bo‘limda ustunlikka ega bo‘lishgandi. Belgiyaga qarshi uchrashuvda esa Otabek G‘ulomxo‘jayev jamoasi dastlabki daqiqalardanoq raqibga ochiq futbol taklif etdi.

Buning samarasi o‘laroq ilk taymda kichik ustunlik O‘zbekiston yoshlari tomonidan bo‘lganini e’tirof etish kerak. Raqib futbolchilar ikki yosh kattaroq bo‘lsa-da, ular o‘yin debyutida anchagina shoshib qolishdi.

16-daqiqaga kelib Hojimat Erkinov ajoyib gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Belgiyaliklar hujum qilishdi, himoyachilar to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirgach, Hojimat maydon markazidan chap qanotga qarab qochib ketdi. Keyinroq ortidan yetib kelgan himoyachini o‘ng oyog‘i bilan chalg‘itdi va shu oyog‘ida darvozaning olis burchagiga aniq zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘qqizligiga aniq yo‘naldi. Gol shu qadar chiroyli chiqdiki, bellashuvni stadiondan kuzatib borayotgan muxlislar o‘rinlaridan turib qarsak chalishdi.

Birinchi bo‘limda Jasur Jaloliddinovda ham yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Biroq uning zarbasi noaniq chiqdi. Shuningdek, darvozabon Abduvohid Ne’matov ikki bor jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda Belgiya terma jamoasi birdaniga 7 ta o‘zgarishga qo‘l urdi. Shunga qaramay, ustunlik O‘zbekiston tomonida bo‘lib boshlandi. G‘ulomxo‘jayev jamoasining ilk hujumini raqiblar qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Bu 47-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Mirjalol Qosimovning nuqtasi bo‘lgan joydan uning ayni vaqtdagi shogirdi Jasur Jaloliddinov chiroyli zarba yo‘lladi. Biroq to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Shotlandlarga qarshi o‘yinda ham yevropaliklarni darvoza to‘sini bir bor qutqargandi.

78-daqiqaga kelib Belgiya futbolchilari xuddi yuqoridagi kabi nuqtadan jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Kiril Ngonge tomonidan yo‘llangan zarba aniq chiqdi va uni Ne’matov qaytara olmadi — 1:1.

Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi. O‘zbekiston yoshlarining keyingi o‘yini 15 oktyabr kuni Fransiya yoshlariga qarshi bo‘lib o‘tadi.

13 oktyabr, shanba
Marbella, Ispaniya

O‘rtoqlik o‘yini
BELGIYA U19 — O‘ZBEKISTON U17 1:1
Gollar: Hojimat Erkinov, 16 (0:1). Kiril Ngonge, 79 (1:1).
Ogohlantirishlar: Saidazamat Mirsaidov (62). Muzaffar Olimjonov (70).
Belgiya U19: 1. Robin Mantel — 2. Muhammad Bushari, 3. Joren Leyssens, 4. Lars Dendonker, 5. Maksim Dekyuper — 6. Matyu de Smet, 8. Tomas Dure, 10. Teo Leoni — 9. Ibrahim Junior Kargbo,  11. Usman Bussaid, 19. Kiril Ngonge.
O‘zbekiston U17: 1. Abduvohid Ne’matov — 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 4. Odil Abdumajidov, 14. Sunnat Hamidjonov, 2. Saidazamat Mirsaidov — 9. Mironshoh Sattorov, 15. Diyor Ramazonov — 10. Jasur Jaloliddinov (11. Begzod Shamsiyev, 90) — 20. Xushnud Bozorov (22. Muzaffar Olimjonov, 30, 23. Eldor Begimov, 82), 17. Hojimat Erkinov — 7. Abdulaziz Abdusalomov (16. Muhammadqodir Rahimbergenov, 50,  
18. Ulug‘bek Hoshimov, 82).
Zaxiradagilar:12. Asad Polvonov;3. Asliddin Toshtemirov, 5. Sodiq Ortiqov; 8. Ibrohim Ibragimov, 13. Alisher Odilov, 19. Ruslan Roziyev.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:25, 13.10.2018.
O'qildi: 4505 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.