Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Ispaniya klubini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Ispaniya klubini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La ligasining hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga asosan Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi yurtimizga O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. 

 “O‘zbekiston temir yo‘llari” sport stadionida tashkil etilgan o‘rtoqlik o‘yini nihoyasiga yetdi. O‘yin qiziqarli hamda murosasiz tarzda kechdi. Azamat Abduraimov boshchiligidagi o‘smirlar terma jamoasi uchrashuvni yirik hisobda o‘z foydasiga hal qildi.

Bahsda 5-0 hisobida o‘zbekistonlik futbolchilar g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvda Sardor Hojiboyev 2 ta gol kiritib dubl qayd etgan bo‘lsa, Nodir Abdurazzoqov hamda Shaxzod Akramov, Jasur Ahmedovlar 1 martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi noyabr oyida yana bir bor yig‘in o‘tkazadi. 

O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston U-14 – Eybar U-15  –  5:0
Gollar: Sardor Hojiboyev (dubl), Nodir Abdurazzoqov, Shaxzod Akramov, Jasur Ahmedov

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 18:22, 14.10.2018.
O'qildi: 5506 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.