Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

O‘smirlar olimpiya o‘yinlari. 3 nafar bokschimiz yarim finalga chiqdi

O‘smirlar olimpiya o‘yinlari. 3 nafar bokschimiz yarim finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Buenos Ayres shahrida davom etayotgan O‘smirlar o‘rtasidagi olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar o‘zlarining muvaffaqiyatli ishtiroklarini davom ettirishmoqda.

Argentinaga yo‘l olgan 4 nafar bokschimizdan 3 nafari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ayollar o‘rtasida 51 kg. vaznda turnirga yo‘l olgan Xursandoy Xolmatova dastlabki bosqichda bolgariyalik Goryana Bulstoyevaga qarshi to‘qnash keldi va imkoniyatni boy berdi — 0:5.

69 kg.da qatnashayotgan Jahongir Rahmatov dastlab 14 oktyabr mezbon bokschisi Bryan Agustin Arregiga qarshi ringga ko‘tarilgandi. Hakamlarning baholariga ko‘ra g‘oliblik argentinalik bokschiga berildi — 3:2. Kecha esa hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasi uchun yana bir jangni o‘tkazdi (har bir vaznda 6 nafardan bokschi ishtirok etayotgani bois, musobaqa formati shunday). Jahongir braziliyalik Kaue Belinini 4:1 hisobida mag‘lub etdi. E’tiborli tomoni, Rahmatov yarim finalda yana Argentina vakili Bryan Agustin Arregi bilan to‘qnash keladi.

81 kg. vaznda musobaqaga yo‘l olgan Timur Merjanov eronlik Sayidsajad Musavipoiyndazoiy bilan jang olib borib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Merjanov final yo‘llanmasi uchun bugun rossiyalik Ruslan Kolesnikovga qarshi ringga ko‘tariladi.

56 kg. vazn toifasida Abdumalik Xalakov jazoirlik Muhammad Qamiliy bilan jang olib borib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi — 5:0 (30:27, 30:25, 30:27, 30:26, 29:28). Xalakovning yarim finaldagi raqibi Mirko Jexiyel Kuello (Argentina) bo‘ladi.

Boks, yarim final
22:00. 69 kg. Bryan Agustin Arregi (Argentina) — Jahongir Rahmonov (O‘zbekiston)
22:30. 81 kg. Timur Merjanov (O‘zbekiston) — Ruslan Kolesnikov (Rossiya)
02:00. 56 kg. Mirko Jexiyel Kuello (Argentina) — Abdumalik Xalakov (O‘zbekiston)

Izoh: Janglar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:50, 16.10.2018.
O'qildi: 3512 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик