Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ektor Kuper: «Terma jamoada o‘sish kuzatildi»

Ektor Kuper: «Terma jamoada o‘sish kuzatildi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan o‘tkazilgan matbuot anjumanida dastlab Ektor Kuper ishtirok etdi.

— Birinchi navbatda o‘yin ajoyib o‘tganini ta’kidlashim lozim. Futbolchilarimiz o‘yindan oldin berilgan barcha ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishga harakat qilishdi. Terma jamoa futbolchilari men tomondan qo‘yilgan talablarni tushunib borishmoqda va ularni maydonda bajarishmoqda. Shunga qaramay, hali kamchiliklarimiz bor. Qatar to‘pni yaxshi nazorat qildi. O‘sha paytda ularga qarshi pressing qo‘llashda xatolarga yo‘l qo‘ydik. Keyingi yig‘inlarda bu kamchiliklarni bartaraf etib borishga harakat qilamiz.

Raqibdan to‘pni olib qo‘yish uchun ba’zida orqaga qaytishga to‘g‘ri keldi va to‘pni qaytarib olish uchun qulay vaziyatni kutishga to‘g‘ri keldi. Qachon tartibli o‘yin qilsak, hujumkor o‘yin qila olamiz. Ko‘p xatoga yo‘l qo‘ysak, himoyada "o‘tirib" qolamiz. Avvalgi 2ta o‘yinga nisbatan terma jamoada katta o‘sish kuzatildi, deb ayta olaman.

— Siz o‘tkazgan birinchi va ikkinchi yig‘inlar o‘rtasidagi farq nimada bo‘ldi? Sizni yana qaysi jihatlarimiz xavotirga solmoqda?
— Albatta, ikkinchi yig‘in avvalgisiga qaraganda yaxshiroq o‘tdi. Bu bilan cheklanib qolmaymiz. Futbolchilarga bo‘lgan talabni oshirib boramiz. Talabning oshib borilishi nafaqat terma jamoa, balki o‘zbek futboli uchun foydali deb o‘ylayman.

— Terma jamoa o‘zagini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan 7-8 nafar futbolchilar nomini ayta olasizmi?
— Hozircha terma jamoa o‘zagini tashkil qiladigan 7-8 nafar futbolchi bor deb ayta olmayman. Terma jamoada hech kimga joy kafolatlanmagan. Hozir yaxshi o‘ynayotgan futbolchi yanvar oyida yaxshi o‘ynamasligi mumkin. Hattoki mening joyim ham kafolatlanmagan. Hozir natija yaxshi bo‘layotgani bo‘lishi mumkin, lekin keyinchalik natija qanday bo‘lishi bilmayman. Qaysi futbolchi eng yaxshi formada bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi. Shu bois, hech bir futbolchiga terma jamoada joy kafolatlanmagan.

— O‘yin paytida hissiyotlarga berilib futbolchilarga e’tiroz bildirib o‘tdingiz. Buning sababi nimada?
— Hissiyotlarga berilganimning sababi, jahlim chiqqanining sababi, baland ovozda ko‘rsatmalar berish, hatti-harakatlarim orqali o‘yinchilarning faolligini oshirishga harakat qilaman. Hali xatolarimiz ko‘p. Ularga hissiyot bilan ko‘rsatma bersam, ular buni yaxshi eslab qolishadi. Ikkita yig‘in davomida jami 28 kun davomida shug‘ullandik. Futbolchilar endi o‘z klublariga qaytib kelishadi. Ular bir oydan keyin qaytib kelishganida talablarni yana bir marta eslatib, ularni yanada yaxshiroq bajarishlari uchun harakat qilamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:34, 16.10.2018.
O'qildi: 9936 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.