“Bordo” yarim himoyachisi Fransua Kamano faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Ispaniya klubi skautlari futbolchining o‘yinlarini kuzatishgan. Futbolchining o‘zi ham bu transfer haqida o‘ylamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kamano joriy mavsum Fransiya chempionatida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol urishga erishgan.