Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya - Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika - Paragvay

Intervyu. Antonio Ryudiger: «Sarrining uslubi menga yoqyapti»

Intervyu. Antonio Ryudiger: «Sarrining uslubi menga yoqyapti»

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi hamda Germaniya termasi himoyachisi Antonio Ryudiger dastlab hujumchi chizig‘ida o‘ynagan.

O‘smirlar jamoasida esa uni mudofaa markaziga o‘tkazishgan. Muhimi, u yangi pozisiyaga tezda moslashgan. Mahoratli futbolchi «Chelsi» jurnaliga bergan intervyusida shu va boshqa mavzular haqida gapirdi.

- Avvallari himoya chizig‘idagi o‘yin mutlaqo boshqacha bo‘lgan. O‘ylashimcha, mudofaada harakat qilishning katta mas’uliyati bor. Zero jamoa gol o‘tkazib yuborganda, birinchi navbatda himoyachilardan izoh so‘raladi. Ammo xato qilishdan qo‘rqmayman, bu muammo emas. Hamma ham yanglishadi, shunchaki, bosh murabbiy nima xohlayotganini anglab, uning aytganlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish kerak. Muhimi, hamisha oldinga intilish lozim.

Ryudigerning yorqin kelajak haqidagi gaplarini tushunish mumkin. Chunki u Berlinning qashshoq hududidan chiqib, APL darajasiga ko‘tarilishni uddalagan. O‘tgan davrda ko‘rgan-kechirganlari uning bugungidek yetuk shaxs va mahoratli futbolchi bo‘lib yetishishida muhim omilga aylangan.

- Men voyaga yetgan hududda ko‘plab qochoqlar yashashardi. U yerda haqiqatan ham odam ko‘p edi, xorijliklar soni nemislarga nisbatan ziyodroq bo‘lgan. Juda qiyin holatda qolgandik, chunki bunday joylarda hammaning dunyoqarashi va madaniyati o‘zgacha bo‘ladi. Buning ijobiy ta’sirini bugun ko‘ryapman: har bir yurtdagi mahalliy an’analarga tez moslashaman. Sport, odatda, odamlarni birlashtiradi. Bu sohada barcha bir xil tilda suhbatlashadi va o‘ylashimcha, hammasiga futbol sababchi. Uyimizning yonida qafas ko‘rinishidagi kichikkina maydonchamiz bo‘lardi, aynan o‘sha yerda to‘p tepardik. Ko‘plab bolalar to‘planishardi, turnirlar uyushtirardik, raqobat hukm surardi - iqtidorlilar bisyor edi, o‘yinlar juda qiziq o‘tardi.

Turli pozisiyalarda o‘ynash tajribasiga ega Ryudiger uchun yozda «Chelsi» bosh murabbiyligiga ta-yinlangan Maurisio Sarri uslubiga moslashish qiyin kechmadi. Antonidagi o‘yin amaliyoti nafaqat «Chelsi», balki boshqa klublarda ham unga asqotdi.

- Sarri ham to‘p nazoratini qo‘lga olish tarafdori, biroq uning uslubi pressing qo‘llanadigan hujumkor o‘yin-ga asoslangan. Bu menga yoqadi, chunki shunday to‘p surishga o‘rganganman. Himoyaga qaytish uchun yetarli tezlikka egaman.

Ryudigerning o‘ziga ishonchi qanchalik yuqori bo‘lmasin, «Chelsi»ga moslashishi ma’lum vaqtni talab etganini tan oladi.

- Har kuningiz tanishlar davrasida o‘tishi boshqa masala, bu yerda o‘zimni ancha erkin his qilaman. Ammo qayergadir ilk marta borgan bo‘lsam, ha, biroz tortinchoqligim pand beradi. Asta-sekin odamlar bilan suhbatlashilgach, hammasi joyiga tushadi. Ayni payt o‘zimni «Chelsi»da yaxshi his qilyapman, bu yerda barcha narsa meni qoniqtirmoqda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:23, 17.10.2018.
O'qildi: 2304 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.