Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Pol Ins: «Murabbiy almashtiraverish «MYU»ga yarashmaydi»

Pol Ins: «Murabbiy almashtiraverish «MYU»ga yarashmaydi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Intervyular

So‘nggi paytlarda «Manchester Yunayted» va Joze Mourinyoning hamkorligi yakunlanishi mumkinligi haqida xabarlar ko‘paydi.

«MYU»ning sobiq futbolchisi Pol Ins portugaliyalik mutaxassis bilan bog‘liq gap-so‘zlarga to‘xtalarkan, uning jamoada qolishidan umidvor ekanligini yashirmadi.

- Joze Mourinyoning bugungi ahvoli haqida nima deya olasiz?

- Har doim natijalar ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidlaganman. Ko‘pchilikning fikricha, futbolchilar Mourinyo qo‘l ostida o‘ynashni xohlashmayotgan, kurashishga ishtiyoq yo‘qolgandek edi. Ammo «Nyukasl»ga qarshi bahs vaziyat mutlaqo boshqacha ekanini ko‘rsatdi.

- Aynan shu g‘alaba Jozening qolishiga umid bag‘ishlashi mumkinmi?

- Albatta, axir o‘sha uchrashuvning ikkinchi bo‘limidagi voqealardan keyin aksariyat muxlis va mutaxassislarning fikrlari o‘zgardi.

- Ushbu «kambek»dan so‘ng mavjud muammolarni unutsak bo‘laveradimi?

- Qisman shunday, ammo Mou-   rinyoning iste’fosi haqidagi xabarlardan keyin «MYU» g‘alaba qozonishi muhim edi.

- Kelgusidagi uchrashuvlarda biz barqaror «Manchester Yunayted»ni ko‘rarmikanmiz?

- «Nyukasl» bilan bo‘lgan o‘yin jamoa uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini xohlayman. Bu bilan endilikda «MYU» bosh sovrin uchun «Manchester Siti» va «Liverpul»ga qarshi kurashadi, deyish fikridan yiroqman. Ammo so‘nggi turda erishilgan muvaffaqiyat oxirgi paytda ro‘y bergan voqealardan so‘ng futbolchilarga biroz tin olish imkonini taqdim etadi.

- Sizningcha, Mourinyo hozirgi uslubini saqlab qolishi ma’qulmi yoki taktik o‘zgarishlar qilish vaqti keldimikan?

- Futbolchilar o‘zgarishgan. Avvallari ser Aleks Fergyuson men, Roy Kin yoki Mark Xyuzni istalgan paytda zaxiraga «mixlab» qo‘yishi mumkin edi. Biz murabbiyning har bir so‘zini inobatga olardik. Hozir esa o‘yinchilar bilan muloyim munosabatda bo‘lish darkor. Natijaga erishish uchun ularni ruhlantirish va maqtovlarga ko‘mish talab etiladi.

- Mourinyoning «MYU»da qolishiga ishonasizmi?

- Shunga umid qilyapman. Chunki ser Aleks Fergyuson uzoq yillar «Manchester Yunayted»da faoliyat yuritgan. Demak, har ikki yilda murabbiy almashtiraverish bu jamoaga yarashmaydi.

- Buning uchun Jozedan nima talab etiladi?

- O‘tgan yillar davomida qo‘llagan uslubini o‘zgartirishi tarafdoriman, zero zamonaviy futbol ancha ilgarilab ketgan. Imkon qadar hujumkorlikka urg‘u bersa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:12, 17.10.2018.
O'qildi: 2644 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.