Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

O‘smirlar Olimpiadasi: Bokschimiz Timur Merjanov O‘zbekistonga yana bir medalni taqdim etdi

O‘smirlar Olimpiadasi: Bokschimiz Timur Merjanov O‘zbekistonga yana bir medalni taqdim etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari o‘zbekistonlik sportchilar uchun yakuniga yetdi. Biroz avval bokschimiz Abdumalik Xalakov oltin medalni qo‘lga kiritganligi haqida xabar berib o‘tgandik. Endi boshqa bir bokschimiz Timur Merjanov sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.

Hamyurtimiz bronza medali uchun jangda Misr vakili Yusuf Ali Kararga qarshi ringga ko‘tarildi. Keskin o‘tgan bahs yakuniga ko‘ra hamyurtimiz g‘alabaga erishdi va Argentina Olimpiadasi sovrindoriga aylandi.

Bu O‘zbekiston terma jamoasining o‘smirlar Olimpiadasidagi 16-medali edi. Hisobimizda 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallari mavjud. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallari mikst bahslarida qo‘lga kiritilgan.

Qayd etish lozimki, mazkur o‘yinlarda sportchilarimiz O‘zbekistonning o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi rekordini yangiladilar.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 23:05, 18.10.2018.
O'qildi: 2560 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.