Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

«Navbahor»: Kanchelskisdan omadli debyut

«Navbahor»: Kanchelskisdan omadli debyut

Baho:
+ | -

“Navbahor” – “Buxoro” – 1:0 (1:0)  

20 oktyabr. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh. 9530 tomoshabin.

Hakamlar: Vadim Agishev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Akmal Rahimov.

Nazoratchi: Rashid Aytekov. 

Komissar: Bobur Haydarov.

Gol: A.Turg‘unboyev (44).

“Navbahor”:  45.Akbar To‘rayev,5. Igor Golban, 6.Oston O‘runov,SHerzodbek Karimov (8.Ayubxon Nomanov, 58), 9.Dilshod Jabborov (44.Darko Stanoyevich, 46) , 10. Azizbek Turg‘unboyev,19.Mirzohid G‘ofurov, 21.A’zam Aliyev, 22.Ro‘zimboy Ahmedov (17.Sardor Sulaymonov, 83), 24.Davronbek Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov.  

“Buxoro”: 30.Asilbek Omonov, 3.Boburjon Amonov, 7.Arslonmurat Amonov, 8.Salamat Qutibayev,10. Shavkat Salomov (80.Vadim Chemirtan, 70), 11.San’at Shixov, 18.SHavkat Mullajonov, 22.SHahboz Erkinov (17.Akobir To‘rayev, 63), 27.Robbimjon Hasanov, 55.Rahmatullo Berdimurodov (81.Qahramon Bahodirov, 81), 77. Javohir Qahramonov.

Ogohlantirishlar: D.Hoshimov (47), J.Mehmonov (74) – SH.Salomov (30), B.Amonov (37), A.To‘rayev (90+3).

Navbahor Buxoro 26 tur 1

Superliga 26-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Buxoroning “Buxoro” jamoasini qabul qildi. Mazkur bahs “lochinlar”ning yangi ustozi Andrey Kanchelskis uchun debyut uchrashuv edi.

Ta’kidlash joizki, Kanchelskisning ilk o‘yini muvaffaqiyatli yakunlanib, jamoamiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Qayd etish lozimki, uchrashuv mezbonlar uchun ancha asabiy ruhda va qiyin kechdi. Boisi, namanganliklar 4-3-3 sxemasida harakat qilishgan bo‘lsa-da, to‘pni darvozaga aniq yo‘llashda muammolarga duch kelishdi.

Navbahor Buxoro 26 tur 4

Jumladan, bahsning 1-bo‘limida jamoamizdan Igor Golban va Ro‘zimboy Ahmedovning bosh bilan yo‘llagan zarbalariga aniqlik yetishmadi.   Shuningdek, himoyaviy taktika qo‘llagan buxoroliklarning ham qarshi hujumlari  1-2 marta xavfli ko‘rinish oldi. Jumladan, bir vaziyatda rossiyalik himoyachi Igor Golbanning darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qaytarganligini qayd etish lozim.

Navbahor Buxoro 26 tur 6

Yana bir holatda esa Salamat Qutibayevning kuchli zarbasiga aniqlik  etishmadi. Uchrashuvning 44-daqiqasida hisob ochildi. Sherzodbek Karimov jamoadoshi Azizbek Turg‘unboyevning raqib jarima maydonchasi tomon harakatlanayotganligini ko‘rib, to‘pni unga uzun “pas” orqali yo‘lladi. Natijada “Buxoro” darvozaboni Asilbek Amanov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Turg‘unboyev to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi – 1:0.

Navbahor Buxoro 26 tur 8jpg

Tanaffusdan keyin ham jamoamizda to‘p kiritish uchun bir qator vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo hujumlarning birida Ro‘zimboy Ahmedovning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuniga tegib qaytgan bo‘lsa, yana bir vaziyatda Oston O‘runov Asilbek Amanov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib,  imkoniyatdan foydalana olmadi. Shuningdek, zaxiradan maydonga tushirilgan Ayubxon Nomanovning ham bosh bilan bergan zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘sini tepasidan o‘tib ketdi.

Navbahor Buxoro 26 tur 9jpg

“Buxoro”dan esa 2-bo‘limda zaxiradan maydonga tushirilgan Akobir To‘rayevning bosh bilan yo‘llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

Shu tariqa kichik hisobda g‘alaba qozongan “Navbahor” o‘z ochkolari sonini 24 taga yetkazib oldi. 

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.   

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:10, 20.10.2018.
O'qildi: 2416 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.