Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

La liga. «Barselona» 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

La liga. «Barselona» 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 9-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Sevilya"ni qabul qildi. Valverde shogirdlari La ligada 4ta o‘yinga cho‘zilgan g‘alabasiz o‘yinlar seriyasiga chek qo‘yishdi.

Mezbonlar bahsning 12-daqiqasiga qadar andalusiyaliklar darvozasiga 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Dastlab, 2-daqiqada Messining uzatmasidan keyin Koutinyo aniq zarba bilan Vaslik qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tib Leoning o‘zi jarima maydonchasi tashqarisidan "Sevilya" darvozasini zabt etdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Lionel Messi qo‘lidan jarohat olib, maydonni tark etdi. Sardorsiz qolgan kataloniyaliklarning o‘yinida pasayish yuz berdi. Mark-Andre ter Shtegen kamida 3ta yaqqol vaziyatda jamoasini goldan qutqardi.

Ikkinchi bo‘limda Luis Suares individual mahorati evaziga penalti ishlab, uni golga aylantirdi. Ivan Rakitichning aniq zarbasi esa olis burchakka borib tushdi. O‘z navbatida, "Sevilya" ham o‘yin so‘ngida "ko‘k-anorranglilar" darvozasiga 2 marta yo‘l topishdi. Yakuniy hisob — 4:2.

Shu tariqa, "Barselona" o‘z ochkolarini 18taga yetkazib, La ligada jadvalida 1-o‘ringa qaytdi.

Ispaniya La ligasi, 9-tur
Barselona – Sevilya 4:2 (2:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 2 Koutinyo, 2:0 – 12 Messi, 3:0 – 63, penalti Suares, 3:1 – 79 Sarabiya, 4:1 – 88 Rakitich, 4:2 – 90 Muriel.
Barselona – ter Stegen, Langle, Alba, Nelson Semedu, Pike, Buskets, Artur (Serdji Roberto, 67), Rakitich, Koutinyo, Messi (Dembele, 26), Suares (Munir, 81).
Sevilya – Vaslik, Gomes, Kyer (Merkado, 54), Karrisu, Arana, Vaskes (Mesa, 69), Banega, Navas, Sarabiya, Andre Silva (Muriel, 78), Ben-Yedder.
Ogohlantirish: Vaslik (62).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:45, 21.10.2018.
O'qildi: 5973 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.