Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi va Buyuk Britaniya taekvondo federasiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi va Buyuk Britaniya taekvondo federasiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Shu kunlarda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida nufuzli Gran-Pri musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa doirasida bir qator uchrashuvlar, rasmiy tadbirlar ham tashkil etilmoqda.

Shu jumladan, O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi ham boshqa mamlakatlar taekvondo federasiyalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri kuni kecha Buyuk Britaniya takevondo federasiyasi bilan o‘tkazildi.

O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi bosh kotibi Abduazim Isroilov va Buyuk Britaniya taekvondo federasiyasi raisi Yuliya Nyuton ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda tomonlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi va memorandum imzoladi.

Unga ko‘ra ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Jeyd Jons, jahon chempionati sovrindorlari Byanka Uolkden, Muhammad Lutalo kabi sportchilar O‘zbekistonga kelib, mashg‘ulotlar o‘tkazadilar, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.

Shuningdek, kelasi yili Manchester shahrida o‘tkaziladigan jahon chempionati oldidan O‘zbekiston terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari aynan o‘sha yerda tashkil etiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasining murabbiy, psixolog, shifokor va boshqa mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:46, 21.10.2018.
O'qildi: 1556 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик