Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Xalqaro tanaffus vaqtida... (fotogalereya)

Xalqaro tanaffus vaqtida... (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Milliy jamoalarning o‘rtoqlik uchrashuvlari sababli yuzaga keladigan tanaffus vaqtida ko‘plab ishqibozlar futbolda to‘xtalish qilib, sergaklikni yo‘qotishadi. Vaholanki, aynan shu davrda millionlar o‘yinida ko‘plab qiziqarli voqealar kuzatiladi.

Jumladan, oktyabr oyi o‘rtalarida ham diqqatga molik hodisalar guvohiga aylandik va ulardan 10tasini saralab, fotojamlanma tarzida aziz o‘quvchilar bilan baham ko‘rishga qaror qildik.

1. XAMESNING G‘AROYIB GOLI

«Bavariya» yarim himoyachisi Xames Rodriges AQSH termasi darvozasini ajabtovur tarzda ishg‘ol qildi, Kolumbiya jamoasi esa yakunda 4:2 hisobida zafar quchdi.

2. USEYN BOLTNING DASTLABKI GOLLARI

Avstraliyaning «Sentral Kost Meriners» klubida ko‘rikda bo‘lib turgan yamaykalik sprinter professional futboldagi ilk gollarini urdi.

3. ANGLIYALIKLAR ILK BOR TRIBUNALARI BO‘SH STADIONDA O‘YIN O‘TKAZISHDI

Xorvatiyalik muxlislarning tartibsizliklaridan so‘ng shunday jazo qo‘llandi. Ammo Riyekaga tashrif buyurgan angliyalik ishqibozlar o‘yinni stadionga tutash tepalikdan turib kuzatishdi.

4. KONDOGBIYA FRANSIYA EMAS, MAR TERMASIDA O‘YNAYDI

FIFA Fransiya milliy jamoasi safida o‘rtoqlik uchrashuvida o‘ynagan Joffri Kondogbiyaning Markaziy Afrika Respublikasi termasida to‘p surishiga ruxsat berdi.

5. SALOH BURCHAK ZARBASIDAN GOL URDI

Misrliklar Esvatini Qirolligi termasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Muhammad Saloh esa kamyob gollardan biriga mualliflik qildi.

6. 18 YOSHLI FUTBOLCHIDAN CHIROYLI GOL

Londonning «Arsenal»iga tegishli bo‘lgan, ayni payt Germaniyaning «Xoffenxaym» klubida o‘ynayotgan angliyalik Ris Nelson Andorra U-21 termasi darvozasini tovoni yordamida ishg‘ol qildi.

7. TOP-LIGADAGI SERMAHSULLIK TERMADA DAVOM ETTIRILDI

O‘z chempionatida to‘purarlik qilayotgan Pako Alkaser, Andre Silva hamda Kshishtof Pyontek termadagi o‘yinlarda ham maydonni golsiz tark etishmadi.

8. O‘ZGARMAS ARNAUTOVICH

Millatlar ligasi doirasida Shimoliy Irlandiya darvozasini ishg‘ol qilgan avstriyalik Marko Arnautovich muvaffaqiyatni o‘zgacha tarzda nishonladi: sardorlik bog‘ichini yechib, uni havoda hilpiratdi.

9. GERMANIYA UCHUN DAHSHATLI TUN

Gollandlarga 0:3 hisobida yutqazgan germaniyalik futbolchilar jamoa tarixida ilk marta qatorasiga uchta rasmiy uchrashuvda gol urolmadilar. «Bundestim» bosh murabbiyligida 168-uchrashuvini o‘tkazgan Lyov esa rekord o‘rnatdi.

10. POYABZALI IPINI BOG‘LAGANI UCHUN...

Kiyevning «Arsenal» va «Dinamo» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 37 daqiqasida yarim himoyachi Ahmed Alibekov atayin vaqtni cho‘zish maqsadida butsalarining ipini bog‘lagani uchun hakam tomonidan chetlatildi.

Abdulloxon ISROILXONOV tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:26, 22.10.2018.
O'qildi: 3362 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик