Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Umid Ahmadjonov: «Bu mavsum har bir klubning asl yuzini ko‘rsatdi. Murabbiy, futbolchilar, klublar rahbariyati ko‘p gapirmay, futbol o‘ynasin»

Umid Ahmadjonov: «Bu mavsum har bir klubning asl yuzini ko‘rsatdi. Murabbiy, futbolchilar, klublar rahbariyati ko‘p gapirmay, futbol o‘ynasin»

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston Superligasida jamoalar sonining oshishi borasida gap-so‘zlar ko‘paydi. Biroq mazkur ligada jamoalar soni 2019 yilda ham 12 ta bo‘lib qoladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov ma’lum qildi.

“Ba’zi klublar kelasi yil Superligada jamoalar ko‘payar ekan deb, bemalolgarchilikka berilayotganidan xabarimiz bor. Biroq ular xato o‘ylamoqda. Professional futbol ligasi sport prinsiplarini saqlab qolish uchun ham jamoalar sonini o‘zgartirmaydi. Superligada 2019 yilgi mavsumda ham 12 ta klub to‘p suradi.

Umid Ahmadjonovning qayd etishicha, kelasi yil Superliga va Pro-liga klublariga bo‘lgan talab yanada oshiriladi:

“2018 yilgi mavsum har bir klubning asl yuzini ko‘rsatib berdi. PFL yil boshidan buyon jamoalarni ogohlantirib kelganiga qaramay, hali ham qarzdorliklari osilib yotgan, futbol akademiyasi haqida o‘ylamayotgan klublar yetarlicha.

Biroq ular bilib qo‘yishsinki, futbol akademiyasi yo‘q bo‘lgan klublar kelasi mavsum ligaga qo‘yilmaydi. Bilaman, bu ishni birdaniga amalga oshirish qiyin. Biroq ular yil boshidan buyon bu haqda bilishadi, harakat esa yo‘q. Oxirida kech bo‘lishini tushunib yetishmayapti. Akademiya borasida savol va qandaydir yordam kerak bo‘lsa, O‘FA yordamga tayyor. Bizning bu borada o‘z rejalarimiz bor”.

Umid Ahmadjonov Superliga klublari nima sababdan aynan 12 ta qoldirilganiga ham izoh berdi:

10 ta ham qoldirsak bo‘lardi, biroq Chempionlar Ligasidagi kvotalarimiz kamayib ketishi mumkin. 14 ta qilib qo‘ysak, Pro-ligada maqsadsiz jamoalar ko‘payib ketadi. Pro-ligada ham yuqori divizion uchun kimdir kurashishi kerak-ku! Hozir “Mash’al”, “Surxon” bor, “Sho‘rtan”, “Dinamo”, “Istiqlol” bor. Ya’ni, 5 ta klub jiddiy kurashyapti. Shuning uchun ham Superligada 12 ta klub to‘p surishi mantiqliroq.

Ha, aytgancha, format borasida gap-so‘zlar ko‘p bo‘ldi. U boshqacha gapiradi, bu boshqacha. Murabbiylar, futbolchilar, klublar rahbariyati ko‘p gapirmay, futbolini o‘ynasin. Chempionatni hamma bir xilda 0 ochko bilan boshladi va bir xil sharoitda tugatish arafasida. Hech kimga yon bosilmagan.

Shunday ekan, formatni kavlashtiravermay, futbolini o‘ynasin va qo‘lidan kelsa, hamma o‘yinni yutsin. Shunda kim ularni chempionlikdan mahrum qila oladi?!”, - deb fikrini yakunlagan Umid Ahmadjonov.

Professional futbol ligasi matbuot xizmatining qayd etishicha, ayni vaqtda tashkilot professional klublar maqomi ustida, shuningdek, 2019 yil talablari yuzasidan ish olib bormoqda. Bu yerda Superliga jamoalari sonini oshirish yoki kamaytirish haqida hech kim bosh qotirayotgani yo‘q. Biroq klublarga qo‘yilayotgan talablar jiddiy bo‘ladi.

Kiritildi: 16:55, 22.10.2018.
O'qildi: 4873 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.