Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Andrey Kanchelskis: «Bugun yutishni istagandik»

Andrey Kanchelskis: «Bugun yutishni istagandik»

Baho:
+ | -

Superliganing 27-turi doirasida "Lokomotiv"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Lokomotiv"ni g‘alaba tabriklayman. Raqiblar yaxshi jamoa ekanligini ko‘rsatdi. Futbolchilarimning o‘yinga bo‘lgan e’tibori uchun mamnunman. Barcha xato qiladi, bu futbol. Yaxshiroq va ishonchliroq o‘ynashimiz mumkin edi.

Yo‘l qo‘ygan birgina xatomiz tufayli gol o‘tkazib yubordik. Futbolchilarimga hech qanday ortiqcha savollarim yo‘q. Futbol shunday o‘yinki, unda faqatgina aqllilar bo‘lishi va ular yaxshi yurishlar qilishi kerak. O‘yingacha bizda kichik muammolar bo‘ldi. Hoshimov terma jamoada o‘ynagani uchun bir necha mashg‘ulotlarimizni o‘tkazib yubordi, shuningdek, diskvalifikasiyaga uchradi.

Karimov esa jarohat olgandi. Ular bizning asosiy tarkib futbolchilarimiz edi. Agarda ushbu futbolchilar maydonda bo‘lganida o‘yin boshqacha kechardi. Nima bo‘lgan taqdirda ham barchaga rahmat aytaman. Bugun yutishni istagandik. Ammo hayot davom etadi. Endi "Paxtakor"ga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlik ko‘ramiz. Albatta, bugun g‘alaba qozonmoqchi edik, biroq bu amalga oshmadi.

Bizda o‘ng qanot himoyachisi muammosi kuzatildi. Oston tarkibda yorqin porlagan futbolchilardan biri. Bugun 4-3-3 taktikada o‘ynadik. Payovich o‘zi himoyachi bo‘lgani uchun, uni o‘ng qanotda o‘ynatsa bo‘lardi. Oston esa hujumkorroq futbolchi.

Jamoada yaxshi futbolchilar ko‘p. Ular bo‘lganida o‘yin boshqacharoq kechardi. Ammo biz qanday bo‘lsak, shundaymiz. Bizning borimizni shu maydon ko‘rsatdi. Zaxira esa "Paxtakor" yoki "Lokomotiv" kabi kabi katta emas. Yutqazdik, biroq futbolchilarga rahmat aytaman", - dedi Kanchelskis.

Oston O‘runov: "O‘yinga yaxshi tayyorlangandik. Murabbiyning barcha ko‘rsatmalarini bajara oldik. Ammo birgina xato orqali mag‘lub bo‘ldik".

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:06, 23.10.2018.
O'qildi: 2340 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик