Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Sergey Lushchan: «Nasaf» bugun bizdan har tomonlama ustun bo‘ldi»

Sergey Lushchan: «Nasaf» bugun bizdan har tomonlama ustun bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Nasaf” – “So‘g‘diyona” (3:0) uchrashuvi yakunlangach jamoalar murabbiylari o‘yin haqidagi fiklari bilan o‘rtoqlashdi. Dastlab “So‘g‘diyona” jamoasi ustozi Sergey Ivanovich o‘z fikrlarini bildirdi.

“Avvalom bor “Nasaf” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun raqibimiz juda mazmunli sifatli o‘yin namoyish etdi. Shaxsan men mamlakatimizda shunday jamoa borligidan mamnunman. Bugun “Nasaf” bizdan har tomonlama ustun bo‘ldi.

Jamoamiz o‘yini haqida aytadigan bo‘lsam, o‘yinda yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirgan taqdirimizda ham o‘yin natijasini o‘z foydamizga o‘zgartirish qiyin edi. O‘yinimiz bugun ko‘ngildagidek chiqmadi. Albatta bunday jamoaga qarshi o‘ynash qiyin.

Bu yil biz uchinchi marta “Nasaf” bilan bahs yuritdik. Menga qolsa, bunday jamoa bilan ko‘proq bahslashgan bo‘lardik. Chunki bunday raqibga qarshi to‘p surish,  ko‘p narsani beradi.

“Nasaf” klubining ajoyib futbol maktabi bor, bu maktabda uzluksiz talantlar yetishib chiqayapti. To‘g‘ri, jamoa ba’zan muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Menimcha bu vaqtinchalik, “Nasaf”ning poydevori juda kuchli, ulg‘ayotgan yoshlar bari-bir kelajakda o‘zlarini ko‘rsatishadi. Bu futbolchilar uzoqqa borishlari mumkin.

Umuman olganda, mamlakatimizdagi “Nasaf”dek klubga e’tiborni kuchaytirish kerak. Chunki bu klubda futbol uchun hammasi bor”, deydi Lushchan

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:29, 23.10.2018.
O'qildi: 1705 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.