Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Marat Bikmayev: «Hujumchining vazifasi – gol urish»

Marat Bikmayev: «Hujumchining vazifasi – gol urish»

Baho:
+ | -

Uchrashuvning “Lokomotiv” tarkibidagi eng yaxshi futbolchisi Marat Bikmayev ham matbuot anjumanida qatnashdi.

“Murabbiyning gaplariga qo‘shilaman. Uch kun ichida ikkita o‘yinda qatnashish og‘ir bo‘ldi. Vazifa og‘ir edi. Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qildik. Gol urdik va g‘alabaga loyiq ekanligimizni ko‘rsatdik.

Barcha jamoalar bizga qarshi himoyaviy o‘yin ko‘rsatmoqda. Agarda raqiblarimiz hujumkor o‘yin ko‘rsatganida, ularning himoyasida kattaroq bo‘sh hududlar bo‘lardi. Shu orqali biz ham ko‘proq xavfli vaziyatlar yarata olgan bo‘lardik.

Termada gol urdim. Ha, gol urish yaxshi. Hujumchi gol urishi kerak. Agarda u bir o‘yinda darvozani ishg‘ol qilsa, keyingi o‘yinda o‘ziga ishonch bilan maydonga chiqadi”, deydi Bikmayev

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:31, 23.10.2018.
O'qildi: 1857 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик