Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Baxtiyor Ashurmatov: «Qizilqum» bizga nisbatan kuchliroq va chiroyliroq futbol ko‘rsatdi»

Baxtiyor Ashurmatov: «Qizilqum» bizga nisbatan kuchliroq va chiroyliroq futbol ko‘rsatdi»

Baho:
+ | -

Superliga 27-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – AGMK (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

-“Qizilqum” bizga nisbatan kuchliroq va chiroyliroq futbol namoyish qildi. Afsuskki, biz birinchi taymda o‘zimiz xohlagan o‘yinni ko‘rsata olmadik. Tarkibda o‘zgarishlardan keyin futbolchilarimiz o‘zlariga kelishdi.

Hisobda ortda qolib turganligimiz sababli bizga qiyin bo‘ldi. Yaratilgan imkoniyatlardan biz foydalana olmadik, raqib esa aksincha-ularni golga aylantirdi. “Qizilqum”ni g‘alaba bilan tabriklayman.

-Jamoani oldinda muhim va qiyin o‘yin – kubok finalida “Paxtakor”ga qarshi bahs kutib turibdi. So‘nggi mag‘lubiyatlar jamoaga final oldidan ruhiy ta’sir o‘tkazmaydimi?

-“Paxtakor” bilan finalda har doim ham o‘ynash nasib qilavermaydi. O‘ylashimcha, yigitlar bu o‘yinga yigitlarni finalga tayyorlash qiyin bo‘lmaydi. Har bir futbolchining faoliyatida bunday o‘yinlar atigi bir marta sodir bo‘lishi ham mumkin. Shu sabab final bellashuviga jangovar holatda maydonga tushib, bor kuchimizni namoyish etamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:27, 24.10.2018.
O'qildi: 1725 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик